
O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida videotakrorlar bo‘yicha referi assistenti vazifasini bajaradi. Bu haqda ro‘yxat FIFA rasmiy saytida berilgan deb yozadi Kun nashri.
Oldin xabar berganimizdek, FIFA uchrashuvlarni boshqarish uchun 9 nafar bosh hakamlarni tanlab olgan. Ermatov esa ularning ichida yo‘q edi. O‘zbekistonlik hakam FIFA tasnifidagi musobaqalarda ikkinchi marta qo‘llanilayotgan yangi tizimni ishlatishda ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
Ma’lumot uchun, Ermatov FIFAning ketma-ket ikkinchi yirik musobaqasida bosh hakam sifatida emas, balki videoassistent sifatida ishlashi belgilanmoqda. Bungacha FIFA videotakrorlarni ilk marta sinovdan o‘tkazgan klublar o‘rtasidagi JChda ham Ermatov videoassistent hakam sifatida musobaqada qatnashgandi.
Konfederasiyalar Kubogi joriy yilning 17 iyunidan 2 iyuliga qadar Rossiyada bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar