FIFA reytingi: O‘zbekiston necha ochko yo‘qotdi?

FIFA reytingi: O‘zbekiston necha ochko yo‘qotdi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi mag‘lubiyatdan so‘ng FIFA reytingida 2,47 ball yo‘qotdi. Bu haqda FIFA'ning milliy terma jamoalar reytingi ma’lumotlarida qayd etilgan.

8 iyun kuni bo‘lib o‘tgan mazkur bahsda “oq bo‘rilar” Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 2,47 ochkoni yo‘qotdi, ammo shunga qaramay 50-pog‘onadagi o‘rnini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 2 iyun kuni Fabio Kannavaro shogirdlari Kanada terma jamoasiga qarshi bahsda ham mag‘lubiyatga uchragan edi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng terma jamoa FIFA onlayn reyting tizimida yana 4 ochko yo‘qotgan.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ikki o‘rtoqlik o‘yini natijasida jami 6,47 ochko yo‘qotib, 1458,73 ball to‘plagan holda mundialga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Hozirgi FIFA reytingida amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda Yevropa chempioni Ispaniya joylashgan bo‘lsa, Dide Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingi joriy yilning 11 iyun kuni rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar