Arsene Wenger Kylian Mbappe himoyasiga chiqdi: U Real Madridda qurbon qilindi

1 daqiqa o'qish314
Arsene Wenger Kylian Mbappe himoyasiga chiqdi: U Real Madridda qurbon qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Arsenal jamoasining sobiq bosh murabbiyi Arsene Wenger Kylian Mbappe Real Madrid klubidagi muammolar uchun nohaq ayblanayotganini va bu jamoa hozir o'rtacha darajada ekanini bildirdi.
  • Afsonaviy murabbiyning so'zlariga ko'ra, mavsum davomida jarohatlar tufayli kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lgan 27 yoshli hujumchi bo'lajak Jahon chempionatiga jismoniy jihatdan tetik va katta energiya bilan boradi.

Arsenal jamoasining sobiq bosh murabbiyi Arsene Wenger Kylian Mbappe atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirib, hujumchini Real Madrid jamoasidagi muammolarda nohaq ayblanayotganini taʼkidladi. Afsonaviy murabbiyning fikricha, fransiyalik yulduz Madrid klubida "aybdor" sifatida koʻrsatilmoqda, biroq u boʻlajak Jahon chempionatida oʻzining eng yaxshi formasiga qaytadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Wengerning soʻzlariga koʻra, Kylian Mbappe oʻzining avvalgi darajasida boʻlmagan Real Madrid tarkibiga kelib qolgan. "Hozir hamma kutayotgan bir inson bor — bu Kylian Mbappe. Men u bilan garov oʻynashga tayyorman, u ajoyib Jahon chempionatini oʻtkazadi. Bu mavsumda u koʻp bor nohaq tanqid qilindi. U oʻrtacha darajadagi Real Madrid jamoasiga tushib qoldi. Ilgari Madridda oʻnta jahon darajasidagi oʻyinchi boʻlardi, hozir esa bor-yoʻgʻi uch-toʻrtta", — dedi Wenger Le Figaro nashriga bergan intervyusida.

Mutaxassisning fikricha, Mbappening mavsum davomida jarohatlar tufayli kamroq oʻyin amaliyotiga ega boʻlgani Fransiya terma jamoasi uchun foydali boʻlishi mumkin. Koʻplab yulduzlar yirik turnirlarga charchagan holda yetib kelishsa, 27 yoshli hujumchi jismoniy jihatdan tetik holatda boʻladi. Wengerning taʼkidlashicha, Chempionlar ligasi finalidan keyin koʻplab futbolchilarning kuchi qolmaydi, biroq Mbappe Shimoliy Amerikadagi turnirga katta energiya bilan boradi.

Shuningdek, Arsene Wenger Didier Deschamps boshchiligidagi Fransiya terma jamoasini boʻlajak chempionatning asosiy favoriti deb hisoblamoqda. Uning aytishicha, fransuzlar tarkibidagi hujumkorlik va jismoniy quvvat boshqa hech bir jamoada yoʻq. "Fransiyani boshqalardan ustun qoʻyaman. Bizda shunday hujumchilar borki, agar oʻyinning 70-daqiqasiga kelib hisob 0:0 boʻlib tursa, raqib baribir yutqazadi. Jismoniy quvvat farqni yuzaga keltiradi", — deya qoʻshimcha qildi murabbiy.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?