O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvini Entoni Teylor boshqaradi

O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvini Entoni Teylor boshqaradi

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatida guruh bosqichi bahslari davom etmoqda. Musobaqaning “K” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu muhim bellashuv uchun hakamlar brigadasi ma’lum qilindi. FIFA qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvini angliyalik taniqli hakam Entoni Teylor boshqarib boradi.

Unga qanotlarda hamyurtlari Gari Besvik va Adam Nann yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasi esa Kosta-Rika vakili Xuan Kalderonga topshirilgan. Zaxira yordamchi hakam sifatida Xuan Karlos Mora ishlaydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi. Uchrashuv Mexiko shahridagi stadionda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Shu bois Kolumbiyaga qarshi bahs nafaqat guruhdagi dastlabki o‘yin, balki o‘zbek futboli uchun tarixiy uchrashuv sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvini Entoni Teylor boshqaradi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar