“Andijon polkasi” Ginnes rekordiga kirishi uchun 730 million so‘m ajratilgani ochiqlandi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov "Andijon polkasi" raqsini Ginnes rekordlar kitobiga kiritish xarajatlari uchun viloyat budjeti zaxira jamg‘armasidan 730 million so‘m ajratgani ochiqlandi. Hokim qarorida mablag‘ning qaysi xizmatlar va xarajatlarga sarflanishi hamda uning qancha qismi tashkilotga to‘langani ko‘rsatilmagan.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov "Andijon polkasi" raqsini Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish bilan bog‘liq xarajatlar uchun viloyat budjeti zaxira jamg‘armasidan 730 million so‘m ajratgan.
Hokim qarorida mablag‘ning aynan qaysi xizmatlar va xarajatlarga sarflanishi batafsil ko‘rsatilmagan. Shuningdek, ajratilgan pulning qancha qismi Ginnesning rekordlar kitobi tashkilotiga to‘langani ham ochiqlanmagan.
24 iyun kuni Andijonda o‘tkazilgan tadbirda 20 ming ishtirokchi bir vaqtning o‘zida "Andijon polkasi"ni ijro etib, rekord o‘rnatgan edi. Tadbir yakunida Ginnes vakili rekordni tasdiqlovchi sertifikatni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga topshirgan.
Tadbir arafasida Asaqa tumanidagi maktab o‘quvchilari rekordga tayyorgarlik ko‘rish uchun yo‘lga chiqqan paytda yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Oqibatda bir nafar o‘quvchi vafot etgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.































Izohlar 0
…