
“O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionatining ikkinchi kungi janglariga start berildi. Unda birinchi bo‘lib 56 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz, Rio-2016 bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliev ringga ko‘tarildi. U turkmanistonlik sportchi Muradov Shodlikmurod imkoniyatini sinab ko‘rdi.
Aytish joizki, u muxlislar murabbiylari ishonchini oqladi va turkmanistonlik bokschiga qarshi jangini muddatidan avval yakunladi. O‘yinning birinchi daqiqasida Murodjon Shodlikmurodni dastlab nokdaunga uchratdi. Keyinroq uchrashuv hakami nokaut deb hisoblashga qaror qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar