23 iyun kuni O‘zbekiston Futbol federasiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning iste’fosini qabul qildi. Bu haqda federasiyaning tvitterdagi rasmiy akkauntida yozilgan xabarga asoslanib Kun.uz xabar qildi.
Bu qaror ayni vaqtda O‘FF majlislar zalida davom etayotgan murabbiylar kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.
Qayd etish joiz, bu voqea milliy terma jamoa 2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash o‘yinlarining uchinchi bosqichidagi KXDRga qarshi 2:4 hisobidagi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin yuz berdi.
Uning o‘rniga terma jamoani kim boshqarishda davom etishiga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 22 iyun kuni "Sport" kanali orqali efirga uzatilayotgan "Futbol sharhi" ko‘rsatuvida O‘zbekiston futbol federasiyasidan milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning iste’foga chiqarilishi so‘ralgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi