22:54 / 02.05.2017
4 995

Eron matbuoti: O‘zbekistonga qarshi o‘yinda futbolchilar baykot qilib va yutqazib berishlari mumkin

Eron matbuoti: O‘zbekistonga qarshi o‘yinda futbolchilar baykot qilib va yutqazib berishlari mumkin
Xabaringiz bor, shu yilning 12 iyun kunida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi Tehron shahrida JCh-2018 saralash o‘yinini o‘tkazadi.

Bu bahsning qadrini hammamiz yaxshi bilamiz. Agar O‘zbekiston yutqazib qo‘ysa, birinchi ikkita o‘ringa aniq da’vogarlik qila olmaymiz va uyog‘i matematikaga aylanadi.

Agar durang bo‘lsa, unda ham imkoniyatlarimiz tushib ketadi. Taqdirimiz narigi o‘yinlarga bog‘liq bo‘ladi.

Demak, bizga faqat g‘alaba kerak bo‘ladi. Ammo, buning uddasidan chiqa olamizmi? Aniqrog‘i, Samvel Babayan futbolchilarni keraklicha tayyorlay oladimi? Bu savollarga keyinroq javob beramiz.

Bugun e’tiboringizga bir ma’lumotni havola etmoqchimiz. U o‘tgan hafta fors matbuotida yangradi. Aniqrog‘i, Eron terma jamoasi futbolchilari mamlakat futbol federasiyasining xatti-harakatlarini norozi bo‘lmoqda. Yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, Eron futbol rahbarlari futbolchilarga va’da qilingan mukofot pullarini berishni kechiktiryapti.

Shu munosabat bilan futbolchilar O‘zbekiston qarshi o‘yinda atayin mag‘lubiyatga uchrash variantni ham ko‘rib chiqishayotgan ekan. To‘g‘rirog‘i, JCh-2018 chiptasining taqdirini keyingi o‘yinlarga qoldirishmoqchi. Shu yo‘l orqali mukofot pullarini olishmoqchi.

Har holda shunga yaqin xabarlar mamlakat OAVlarida tarqaldi.

Albatta, bu ma’lumotlarga biz ishonib qolishimiz kerak emas. Bu atayin chiqarilgan narsa bo‘lishi ham ehtimoldan yiroq emas.

O‘zbekiston termasi nima qilib bo‘lsa ham etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak. Aks holda "Ozodi" stadionida hammasi boshqacha bo‘lib ketishi mumkin.

Umid qilamiz, Samvel Babayan va futbolchilarimiz kerakli natijani qo‘lga kiritishadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron matbuoti: O‘zbekistonga qarshi o‘yinda futbolchilar baykot qilib va yutqazib berishlari mumkin