Ronaldu sovg‘a qilgan qimmatbaho uzuk endi Jorjinaning qizining qo‘lida!

Jorjina Rodrigesning qizlaridan biri Krishtianu Ronaldu unashtiruv munosabati bilan Jorjinaga sovg‘a qilgan qimmatbaho uzukni taqib olgani ko‘rindi. Uzuk markazidagi katta oval olmos, ikki yonidagi qimmatbaho toshlar va platina halqasi bilan ajralib turadi. Mutaxassislar taqinchoq qiymatini 3 milliondan 6 million dollargacha baholagan, biroq Krishtianu Ronaldu uning aniq narxini ochiqlamagan.
Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan suratlardan birida uning qizlaridan biri Krishtianu Ronaldu sovg‘a qilgan qimmatbaho uzukni taqib olgani ko‘rindi.
Gap Ronaldu Jorjinaga unashtiruv munosabati bilan taqdim etgan uzuk haqida ketmoqda. Taqinchoqning markazida katta oval shakldagi olmos, ikki tomonida esa yana ikkita qimmatbaho tosh joylashgan. Uzuk platina halqaga o‘rnatilgan.
Mutaxassislar ushbu taqinchoq qiymatini 3 milliondan 6 million dollargacha baholagan. Biroq Krishtianu Ronaldu uning aniq qanchaga tushganini ochiqlamagan.
Jorjina bu uzukni ilk bor 2025 yil 11 avgust kuni ommaga ko‘rsatgan edi. O‘sha kuni u Krishtianu Ronaldu bilan unashtirilganini rasman e’lon qilgan.
Shundan keyin uzuk juftlik munosabatlarining eng ko‘p muhokama qilingan ramzlaridan biriga aylangan. Endi esa millionlab dollarga baholanayotgan taqinchoq Jorjinaning qizlaridan birining qo‘lida ko‘rinib, yana muxlislar e’tiborini tortdi.































Izohlar 0
…