Fransiya va Norvegiya guruh peshqadamligi uchun kurashmoqda...

2026 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da «I» guruhining so‘nggi tur bahslari boshlandi. Pley-off yo‘llanmasini muddatidan avval hal qilib bo‘lgan Fransiya va Norvegiya milliy jamoalari guruh g‘olibligi uchun o‘zaro maydonga tushdi.
Har ikki jamoa ham dastlabki ikki turdan keyin 6 ochkodan jamg‘argan. Shu bois ushbu uchrashuv «I» guruhida birinchi o‘rinni egallaydigan jamoani aniqlab beradi.
Fransiya asosiy tarkibda Kilian Mbappe, Usmon Dembele, Maykl Olise va Dezire Due kabi hujumkor futbolchilarni maydonga tushiradi. Norvegiya esa tezkor va jismoniy kurashlarga boy o‘yin orqali raqibiga muammo tug‘dirishga harakat qiladi.
JCH-2026. «I» guruhi, 3-tur
Norvegiya — Fransiya
Norvegiya: Selvik, Osgord, Falchener, Shelderup, Berg, Bobb, Byorkan, Larsen, Ostigor, Torstvedt, Eursnes.
Fransiya: Menyan, Kunde, Upamekano, Lakrua, Ernandes, Chuameni, Kone, Due, Olise, Dembele, Mbappe.
Ushbu bahs natijasi pley-off bosqichida jamoalarning keyingi raqibiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sabab Fransiya ham, Norvegiya ham guruhni birinchi o‘rinda yakunlash uchun bor kuchini ishga solishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…