Shamil Gazizov: «O‘zbekistonning vazifasi qiyin, ammo g‘alaba tilayman»

Rossiyalik futbol funksioneri Shamil Gazizov 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Kongo DR — O‘zbekiston uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning pley-offga chiqish imkoniyati nazariy jihatdan saqlanib turibdi, ammo to‘plar nisbati jamoa vazifasini ancha qiyinlashtiradi.
«Hammasi bo‘lishi mumkin. Lekin O‘zbekistonning to‘plar farqi yaxshi emas, shu sabab vazifa juda murakkab», — dedi Gazizov.
U milliy jamoamizning avvalgi ikki uchrashuvdagi harakatlariga ham baho berdi.
«O‘zbekiston yaxshi o‘ynadi, ammo har ikki bahsda ham mag‘lub bo‘ldi. Futbolchilar harakat qildi, lekin yanada yaxshiroq o‘ynash mumkin edi. Nima bo‘lganda ham, jamoaga so‘nggi uchrashuvda g‘alaba tilayman», — deya uning so‘zlarini keltirdi «Match TV».
3-tur oldidan O‘zbekiston milliy jamoasi hali ochko jamg‘ara olmagan va guruhda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Kongo DRga qarshi uchrashuv 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da boshlanadi. Avvalroq O‘zbekiston ushbu bahsda to‘liq oq libosda maydonga tushishi ma’lum qilingan edi.































Izohlar 0
…