Foto: Kun.uz
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati final bahslarining 6 may kunduzgi bosqichiga belgilangan janglar yakuniga etdi. So‘nggi bo‘lib ringga 75 kg vazn toifasida Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib boruvchi Brama Hendra Betaubun (Indoneziya) – Aziz Ochilov (Turkmaniston) va Abdul Muin Aziz (Suriya) – Eumir Marsial (Filippin) juftliklari chiqib kelishdi.
Birinchi juftlikda turkmanistonlik bokschi Ochilov raqibidan har jabhada ustunligini namoyish qildi va nokaut bilan g‘alaba qozondi. Abdul Muin Aziz (Suriya) – Eumir Marsial (Filippin) juftligida esa Marsialning qo‘li baland keldi.
Ushbu vazn toifasida final jangi esa koreyalik Dongyun Li hamda o‘zbekistonlik Isroil Madrimovlar o‘rtasida kechdi. Isroil ustunligida boshlangan bahs referi qaroriga ko‘ra, birinchi raunddayoq to‘xtatildi. Bunga Isroilning yarim final bahsida olgan jarohati ochilib ketgani sabab bo‘ldi.
Shu sababli bir yarim daqiqa davomidagi ballar hisobga olindi va Isroil O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun 6 may kechki janglarda yana bir o‘zbekistonlik bokschi final jangini o‘tkazadi. 81 kg vazn toifasidagi Bektemir Meliqo‘ziev qozog‘istonlik Yerik Aljanov bilan kuch sinashadi. 91 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sanjar Tursunov eronlik Sadar G‘ulomiy bilan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”