
Angliya premer-ligasining 37-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda markaziy uchrashuvda «Vest Bromvich» va «Chelsi» jamoalari maydonga tushishdi, deb yozadi Kun.uz.
Uchrashuvning 82-daqiqasida belgiyalik Mishi Batshuayi tomonidan kiritilgan gol londonliklarga kichiki hisobdagi g‘alabani taqdim etdi va bu jamoa uchun etarli bo‘lgan uch ochkoni taqdim etdi.
Natijada 36 uchrashuvda 87 ochko to‘plagan «Chelsi» ikkita o‘yin qolgan premer-ligada muddatidan oldin chempion bo‘lish vazifasini uddaladi. Uchta o‘yin o‘tkazishi lozim bo‘lgan «Tottenhem»dan jamoa endilikda 10 ochko oldinga o‘tib oldi. Bu «Chelsi»ning premer-liga tashkil etilganidan buyon qo‘lga kiritgan beshinchi chempionligi bo‘ldi.
Turning yana bir uchrashuvida «Everton» «Uotford»ni qabul qilib, kichik hisobda zafar quchdi.
Angliya premer-ligasi, 37-tur
Vest Bromvich – Chelsi 0:1 (0:0)
Gol: Batshuayi (82).
Vest Bromvich: Foster, Makoli (Uilson, 64), Nom, Douson, Evans, Livermor, Fletcher, Fild (Yakob, 51), Makkleyn (Shadli, 59), Brant, Rondon.
Chelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Zuma, 86), Pedro (Batshuayi, 76), Fabregas, Azar (Villian, 75), Diego Kosta.
Ogohlantirishlar: Makkleyn (20), Fild (36), Uilson (71).
Everton – Uotford 1:0 (0:0)
Gol: Barkli (56).
Everton: Robles, Djagelka, Beyns, Xolgeyt (Valensiya, 46), Uilyams, Devis, Shnayderlin, Barkli (Berri, 80), Guye, Miralyas (Kone, 86), Lukaku.
Uotford: Gomes, Predl, Mariappa, Xolebas, Kabasele (Suniga, 37), Kapu (Nyang, 81), Bexrami (Amrabat, 71), Dukure, Yanmat, Okaka Chuka, Dini.
Ogohlantirishlar: Behrami (39), Yanmat (39), Xolebas (70). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar