O‘zbekistonda shov-shuvli loyiha: «Barselona» o‘z akademiyasini ochishi kutilmoqda

O‘zbek futboli ishqibozlari va yosh iqtidorlar uchun kutilmagan va hayajonli yangilik! Dunyoning eng mashhur va grand klublaridan biri — Kataloniyaning «Barselona» jamoasi O‘zbekistonda o‘z rasmiy futbol akademiyasini ochishi mumkin.
Yaqinda Sport vaziri Adham Ikramov boshchiligida ushbu klub vakillari bilan Zoom platformasi orqali o‘ta muhim onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda o‘zbek futbolining afsonasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi. Kataloniya klubi nomidan esa «Barselona» ijroiya jamoasi a’zosi Sesar Martines hamda Barca Innovation Hub (klubning ilmiy va innovatsion platformasi) bosh direktori Albert Mundet qatnashdi.
Loyiha yurtimizga nima beradi?
Uchrashuvning bosh mavzusi O‘zbekistonda «Barca Academy» rasmiy xalqaro futbol akademiyasini tashkil etish imkoniyatlari bo‘ldi. Bu loyiha orqali o‘zbek futboliga quyidagi yangiliklar kirib kelishi kutilmoqda:
La Masiya metodologiyasi: Messi, Xavi, Inesta va Lamin Yamal kabi yulduzlarni yetishtirib chiqargan mashhur «La Masiya» tizimi asosida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Zamonaviy futbol falsafasi: Bolalar va o‘smirlar futboliga zamonaviy taktik va metodologik yondashuvlar joriy etiladi.
Murabbiylar mahorati: Mahalliy murabbiylarning malakasini oshirish uchun xalqaro darajadagi kataloniyalik mutaxassislar jalb qilinadi.
Iqtidorlarni saralash (Skauting): Eng kuchli yosh futbolchilarni tizimli ravishda tanlab olish yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shnilarda qanday? Markaziy Osiyodagi ilk rasmiy «Barsa Academy» 2023 yilda Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod shahrida ish boshlagan edi. Hozirda ular Bishkek shahrida ikkinchi akademiyani ochish ustida qizg‘in ish olib borishmoqda. Endilikda ushbu tajriba O‘zbekistonda ham qo‘llanilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar yurtimizda loyihani yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini birgalikda chuqur o‘rganish va istiqboldagi hamkorlik qadamlarini belgilab olishga kelishib oldilar.































Izohlar 0
…