JCH-2026. Fransiya - Angliya 4:6 (kiritilgan gollarni tomosha qiling)

JCH-2026. Fransiya - Angliya 4:6 (kiritilgan gollarni tomosha qiling)
Qisqacha

Jahon chempionatining uchinchi o'rin uchun kechgan bahsida Angliya terma jamoasi Fransiyani 6:4 hisobida mag'lub etib, musobaqaning bronza medallarini qo'lga kiritdi. Uchrashuvda inglizlar safida Deklan Rays, Ezri Konsa, het-trik qayd etgan Bukayo Saka va Jud Bellinghem o'z nomlarini to'purarlar qatoriga yozdirib qo'yishdi. Fransiyadan esa Kilian Mbappe ikkita, shuningdek Bredli Barkola hamda Usmon Dembele bittadan gol kiritishdi.

Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsida Angliya terma jamoasi Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Deklan Rays 3-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada Ezri Konsa ustunlikni 2 ta to‘pga oshirdi. 37-daqiqada Bukayo Saka uchinchi golni urdi, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda esa o‘zining dublini rasmiylashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Kilian Mbappe va Bredli Barkola hisobni 2:4 ko‘rinishiga keltirdi. 66-daqiqada Mbappe yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, oradagi farqni bitta golga tushirdi.

Biroq 87-daqiqada Saka penaltidan unumli foydalanib, het-trik qayd etdi. Fransiya Usmon Dembele orqali yana bitta gol urgan bo‘lsa-da, 90+8-daqiqada Jud Bellinghem inglizlarning 6-golini urib bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

JCH-2026. 3-o‘rin
Fransiya - Angliya 4:6
Gollar:
 Rays 3 (0:1), Konsa 18 (0:2), Saka 37 (0:3), Saka 45+1 (0:4), Mbappe 48 (1:4), Barkola 54 (2:4), Mbappe 66 (3:4), Saka 87, pen. (3:5), Dembele 90+6 (4:5), Bellinghem 90+8 (4:6).

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar