Ispaniya oliy sudi «Barselona» jamoasi va Argentina termasi futbolchisi Lionel Messi va uning otasi Xorxe Orasio Messiga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi bo‘yicha qo‘yilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.
Sud futbolchini 21 oylik qamoq jazosiga mahkum etgan, deb xabar bermoqda Hordiq.uz.
Sportchi va uning otasi Xorxe Orasio Messi qariyb 4,1 mln. evrolik soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblangandi. Prokuror ma’lumotiga ko‘ra, o‘yinchi 2007, 2008 va 2009 yillarda olingan daromadlaridan soliq to‘lamagan. Futbolchining sudda ma’lum qilishicha, aynan Xorxe Orasio Messi uning moliyaviy ishlari bilan shug‘ullangan, u soliq to‘lash mavzusi bilan hech qachon qiziqmagan va bu masalani otasi bilan muhokama qilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi