
Qatarlik shayxlar 500 mln rubl to‘lab, 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining chiptalarini sotib oldilar.
Ma’lum bo‘lishicha, Qatar vakillari “katta uchlik” nomli paketni sotib olganlar. Unga 2018 yilgi jahon chempionatining uchta stadionda bo‘lib o‘tadigan 19 ta o‘yini kiradi (ochilish matchi, yarim final va final o‘yinlari).
Rossiyadan keyin futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan davlat aynan Qatar bo‘ladi. U erdagi turnir 2022 yilda o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar