Yevropa Ligasida bo‘lib o‘tgan 3-saralash bosqichi natijalari...

2 daqiqa o'qish169
Yevropa Ligasida bo‘lib o‘tgan 3-saralash bosqichi natijalari...
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Yevropa Ligasining 3-saralash bosqichidagi dastlabki o'yinda "Benfika" o'z maydonida "Harts"ni 6:1 hisobida mag'lub etdi.
  • "Reynjers" safarda "Yagelloniya"ga 1:2 hisobida yutqazgan bo'lsa, "Beshiktosh"
  • "Grades Kralove"ni 1:0, "Zalsburg" esa "Pafos"ni 1:0 hisobida taslim etdi.
  • Shuningdek, "Makkabi Tel-Aviv" — SSKA Sofiya uchrashuvi 0:3, PAOK — "Anderlext" bahsi 0:1, "Tun" — "Vikingur" o'yini 3:0 hisobida yakunlandi.

Yevropa Ligasining 3-saralash bosqichi doirasida dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Markaziy bahslarda Portugaliyaning "Benfika" klubi yirik hisobdagi g‘alabani tantana qilgan bo‘lsa, Shotlandiya klublari uchun kecha omadsiz keldi.

Musobaqaning ushbu bosqichida maydonga tushgan bir qator nomdor jamoalar javob o‘yini oldidan o‘z ahvolini sezilarli darajada yaxshilab olishdi.

Lissabonda "Benfika" tor-mor etdi, Shotlandiya klublariga og‘ir bo‘ldi

Portugaliyaning "Benfika" klubi o‘z maydonida Shotlandiya vitse-chempioni "Harts"ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi — 6:1. Lissabonliklar tarkibida Rafa Silva, Araujo, Pavlidis, Prestianni, Duran va Shelderup gol muallifiga aylanishdi.

Shotlandiyaning yana bir nomdor jamoasi "Reynjers" ham Polshaga safarida "Yagelloniya"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Turkiyaning "Beshiktosh" klubi esa Chexiyaning "Gradets Kralove" mehmoni bo‘lib, Semix Qilichsoyning 80-daqiqadagi yagona goli evaziga o‘ta muhim safar g‘alabasini (1:0) qo‘lga kiritdi. Avstriyaning "Zalsburg" jamoasi ham "Pafos"ga qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida gol urib, zafar kuchdi.

Yevropa Ligasi. 3-saralash bosqichi (Dastlabki o‘yinlar)

6 avgustda o‘tkazilgan bahslar natijalari:

  • "Benfika" (Portugaliya) — "Harts" (Shotlandiya) 6:1

    Gollar: Rafa Silva (3), Araujo (23), Pavlidis (42, penalti), Prestianni (59), Duran (87), Shelderup (90+4, penalti) — Reno (72).

  • "Yagelloniya" (Polsha) — "Reynjers" (Shotlandiya) 2:1

    Gollar: Fernandes (13, avtogol), Smit (21) — Montoyya (4, avtogol).

  • "Makkabi Tel-Aviv" (Isroil) — SSKA Sofiya (Bolgariya) 0:3

    Gollar: Ebong (9), Godoy (29), Svars (90).

  • "Gradets Kralove" (Chexiya) — "Beshiktosh" (Turkiya) 0:1

    Gol: Qilichsoy (80).

  • "Zalsburg" (Avstriya) — "Pafos" (Kipr) 1:0

    Gol: Tabakovich (88).

  • PAOK (Gretsiya) — "Anderlext" (Belgiya) 0:1

    Gol: Svetkovich (1).

  • "Tun" (Shveytsariya) — "Vikingur" (Islandiya) 3:0

    Gollar: Bamert (19), Labo (25), Saiz (90+4).

  • "Lex" (Polsha) — "Klaksvik" (Farer orollari) 1:0

    Gol: Agnero (81).

  • KuPS (Finlyandiya) — "Universitatya Krayova" (Ruminiya) 1:1

    Gollar: Moreno (72) — Bairaram (38).

  • "Linkoln" (Gibraltar) — "Omoniya" (Kipr) 1:1

    Gollar: Rutens (71) — Andreou (90+3).

Javob o‘yinlari qachon?

Pley-off bosqichiga chiqadigan jamoalar nomiga to‘liq oydinlik kiritib beruvchi javob bellashuvlari kelasi hafta, 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?