Shov-shuvli bayonot: UFC chempioni Donald Trampni keskin tanqid qildi...

Shov-shuvli bayonot: UFC chempioni Donald Trampni keskin tanqid qildi...
Qisqacha

UFC'ning o'rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni, 35 yoshli Shon Striklend AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning siyosatini keskin tanqid qildi. U inflyatsiya, yoqilg'i narxining oshishi va oilalar xarajatlarining ko'paygani fonida Tramp ma'muriyatini o'ziga ovoz bergan aholi manfaatlarini e'tiborsiz qoldirishda aybladi.

UFC'ning o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni, amerikalik 35 yoshli Shon Striklend AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning siyosatini keskin tanqid ostiga oldi. To‘g‘ridan to‘g‘ri va mojaroli bayonotlari bilan tanilgan sportchi Trampning mitinglaridagi muhitni dahshatli tarixiy davrlarga o‘xshatdi.

Ushbu shov-shuvli intervyu va bayonotni LowKick MMA portali e’lon qildi.

«Siz ularning yuziga ochiqdan-ochiq tupuryapsiz»

Striklend o‘z chiqishida dastlab AQSHdagi inflyatsiya, yoqilg‘i narxining oshishi va buning oddiy oilalar budjetiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri haqida gapirib, Tramp ma’muriyatini o‘ziga ovoz bergan aholi manfaatlarini e’tiborsiz qoldirishda aybladi:

«Odamlar Trampga shunday deyishadi: «Do‘stim, senga inflyatsiya tufayli yoqilg‘i va oilaviy xarajatlarimiz baribir, chunki sen multimillionersan». Ammo Florida va Texasda yiliga o‘rtacha 50-60 ming dollar ishlaydigan har bir amerikalik haqida o‘ylab ko‘rish kerak.

Yiliga 60 ming dollar topadigan odamni olaylik. Inflyatsiya 4 foizga oshdi, benzin narxi keskin ko‘tarildi. Natijada uning turmush xarajatlariga minglab dollar qo‘shiladi. Siz oilalarga bosim o‘tkazyapsiz. Axir bular sizga ovoz bergan va atrofingizda birlashgan odamlar-ku, siz esa ularning yuziga ochiqdan-ochiq tupuryapsiz. Nima uchun?», — dedi UFC chempioni.

«Gitler qanday paydo bo‘lganini endi tushunyapman»

Shuningdek, sportchi Donald Trampning ommaviy mitinglarida bo‘lganida guvohi bo‘lgan holatlar va tarafdorlarining ko‘r-ko‘rona ergashishi haqida to‘xtalib, kutilmagan o‘xshatma keltirdi:

«Siz hech Trampning mitingida bo‘lganmisiz? Bu aqldan ozish! U yerda bo‘lganingda: «O, men Gitler qanday paydo bo‘lganini endi tushunyapman», deb o‘ylaysan. Yo‘q, hazillashmayapman. Bu yerdagi barchaning sog‘lom fikrlashiga shubha bilan qarashga majbur qiladi.

Tramp u yerda bayroqni yoqqani uchun odamlarni qamoqqa tashlash haqida gapirayotgandi va men: «Bunday qilmaslik kerak, Konstitutsiya bor», deb o‘yladim. Qolganlar esa shunchaki baqirishardi: «Ha, uni qamanglar!». Agar Tramp: «To‘pponchani olinglar va xohlagan ishingizni qilinglar», deganida, ular, la’nati, buni ham qilishardi», — deya qo‘shimcha qildi Shon Striklend.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar