
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Tailand termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi haqida xabar berilgan edi.
Mazkur o‘rtoqlik o‘yiniga chiptalar bugun, 2 iyundan “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotuvga qo‘yildi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.
Chiptalar narxi quyidagicha belgilangan:
Oddiy sektorlar – 20 ming so‘m;
VIP sektorlar – 60 ming so‘m.
Eslatib o‘tamiz, Tailandga qarshi o‘yin O‘zbekiston terma jamoasi uchun Eron bilan JCh-2018 saralash o‘yinida tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi 31 may kuni bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorgarlikni boshlab yuborgan edi.
Tailandga qarshi uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Eron – O‘zbekiston uchrashuvi esa 12 iyun kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar