Robotga o‘xshatilgan milliarderning rafiqasi: uning harakatlari internetda qizg‘in muhokamada

Dell Technologies kompaniyasi rahbari Maykl Dellning rafiqasi Syuzan Dell Oq uyga tashrifi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
7 oktyabr kuni Dell oilasi AQSH prezidenti Donald Tramp bilan bolalar uchun mo‘ljallangan 6,25 milliard dollarlik xayriya tashabbusi haqida gaplashdi. Uchrashuvda Syuzanning o‘zini tutishi va harakatlari internet foydalanuvchilarining diqqatini tortdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni tomosha qilgan ayrim foydalanuvchilar uning harakatlarini noodatiy deb baholab, hatto uni robotga o‘xshatishdi. Boshqalar esa Syuzan Dellning eski va yangi suratlarini taqqoslab, uning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlarni muhokama qildi. Ayrimlar plastik jarrohlik amaliyotlari haqida ham taxminlar bildirdi.
Biroq Syuzan Dellning robot ekani yoki plastik operatsiya qildirganiga oid da’volarni tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud emas. Shu sababli bu fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi taxminlardan nariga o‘tmaydi.
Qayd etish joizki, Syuzan va Maykl Dellning tashrifi bolalar uchun jamg‘arma hisoblarini moliyalashtirish tashabbusi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ularning xayriya va’dasi 6,25 milliard dollarni tashkil etadi.































Izohlar 0
…