14:54 / 12.06.2017
4 124

Eronning Yoshlar va sport ishlari vaziri muxlislarni «Ozodi»ga bayroq ko‘tarib kelishga chaqirdi

Eronning Yoshlar va sport ishlari vaziri muxlislarni «Ozodi»ga bayroq ko‘tarib kelishga chaqirdi
Tobora o‘yingacha bo‘lgan vaqt qisqarib bormoqda. Bilasizmi, Eronda ham kuchli hayajon bo‘layotgan ekan. Buni matbuotdan bilyapmiz.

Eron mamlakati Yoshlar ishi va sport masalalari vaziri doktor M.Soltanifar bugungi o‘yin oldidan muxlislarga o‘zgacha tarzda murojaat qildi.

Ya’ni, vazir barcha futbol ishqibozlarini "Ozodi" stadioniga chorladi. Har bir muxlisdan vatan ramzi aks ettirilgan atributikalar, jumladan Eron Islom Respublikasining bayrog‘ini o‘zlari bilan olib kelishga chaqirdi.

Chunki, bugun ular nazdida juda muhim kun ekan. Barcha yoshu-qari Eronning O‘zbekiston ustidan so‘zsiz g‘alabasiga ishonmoqda va o‘yingan keyin "Ozodi"da katta tantanalar boshlanar ketar ekan.

Baxtga qarshi, bugun ularga raqib O‘zbekiston termasi.

Vazir janoblari bugungi o‘yinda O‘zbekistonni kuchli raqib sifatida e’tirof etdi va qo‘shimcha kuch bo‘lishi uchun stadion o‘rindiqlarini ishqibozlar bilan to‘ldiririshni istamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eronning Yoshlar va sport ishlari vaziri muxlislarni «Ozodi»ga bayroq ko‘tarib kelishga chaqirdi