07:22 / 17.06.2017
4 861

Konfederasiyalar kubogi oldidan Ravshan Ermatov «Sport Ekspress» nashriga intervyu berdi

Konfederasiyalar kubogi oldidan Ravshan Ermatov «Sport Ekspress» nashriga intervyu berdi
Ertaga — 17 iyun kuni start oladigan Konfederasiyalar kubogi oldidan o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashriga intervyu berdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Ermatov musobaqada videoassistent bo‘lib ishlaydi. Shundan kelib chiqib, nashr jurnalisti Sergey Yaremenko Ermatov bilan videotakrorlar bo‘yicha gaplashdi.

Har bir o‘yinda xatolar bo‘ladi. Biz ularni tahlil qilamiz. Muhimi o‘sha xatolar o‘yin yoki musobaqa natijasiga ta’sir qilmasligi kerak.

Qachonlardir hakamlar xatosi o‘yinning bir qisim deb qabul qilinardi. Hozir esa hamma uning xato qilmasligini istaydi.

Ravshan Ermatov, FIFA referisi


Jurnalist videotakrorlarga ishonib qoladigan hakamlar o‘yin davomida sergaklikni bo‘shashtirib yubormaydimi degan savol bilan murojaat qilgan.

Bu aniq bir hakamga bog‘liq bo‘ladi. Agar menning videoreferi yordamchim bo‘lsa, bo‘shashib ketmayman. Barcha epizodlarni o‘zim ko‘rishga harakat qilaman.

Videotakrorlarning borligi hakamlarga bo‘ladigan bosimni kamaytiradi. Chunki katta musobaqalarda har bir xato qimmatli, shuning uchun ham hakam doim bosim ostida. Videoassistentlarning paydo bo‘lishi bilan esa hakamlar o‘z ishini yanada sifatli bajarishga urinadi.

Ravshan Ermatov, FIFA referisi


Xatolar qilgan hakamning vijdoni qiynaladimi?

Gap vijdonda emas. U bizni hech qachon tark etmaydi. Shunchaki inson faktori degan tushuncha bor. Vaziyatni ko‘rmay qolish mumkin. Siz qanday ishlayotganimizni ko‘rib turibsiz. Menimcha futbolchilar ham musobaqaga bu qadar tayyorgarlik ko‘rishmayapti.

Ravshan Ermatov, FIFA referisi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konfederasiyalar kubogi oldidan Ravshan Ermatov «Sport Ekspress» nashriga intervyu berdi