Oliy Liga bahslarining 14 turidan o‘rin olgan «Paxtakor» – «Nasaf» (2:1) uchrashuvidan so‘ng, hozirgi kunda milliy terma jamoamizning hujum chizig‘ini o‘ziniki qilib olgan Igor Sergeev bilan suhbatlashdik, deb yozadi JFl.uz.
– Nima uchun termada gol ura olmayapsiz, bunga qulay pozisiyada o‘ynamayotganingiz sababmi?
– Bu boshqa darajadagi o‘yin. Qachon biz Filippin va shunga o‘xshash jamoalar bilan o‘ynaganimizda to‘liq ustunlik qilamiz. Bunday o‘yinlarda esa imkoniyat ko‘p bo‘lmaydi. Nafaqat menda, balki jamoaning boshqa o‘yinchilarida ham, chunki raqib jamoa yaxshi himoyalanadi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, biz qancha gollarni standartlardan kiritganmiz. Himoyani yorib o‘tish esa juda qiyin. Ular jismonan ham baquvvat va bo‘y jihatdan ham ustunlikka ega. Agar menda 10 ta imkoniyat bo‘lib gol urolmaganimda aytardim – ha men gol urolmayman, ammo imkoniyatning o‘zi bo‘lmayapti-ku.
– Futbolda harakat qilmasang, raqib jamoa imkoniyat bermaydi-ku? (Eron – O‘zbekiston 2:0 misolida).
– Haqiqatan ham bu futbol va imkoniyat har doim bo‘ladi. Hozir hamma jamoa bunga tirishmoqda biz ham bunga harakat qilamiz. Ha, qaerlardadir imkonsiz yutqizdik. Hozir hamma jamoa bir xil imkoniyatga ega, lekin hammasi o‘yin tartibiga qaraydi. Qaysi jamoa himoyani yaxshi ushlasa va imkoniyatlardan foydalana olsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi.
– Milliy terma jamoaning hujum chizig‘iga da’vogarlar ko‘p. Raqobatdoshlaringiz to‘g‘risida nima deya olasiz?
– Temirxo‘ja bilan yaxshi munosabatdaman, u yaxshi yigit. Agar meni joyimda uni ko‘rishni istashsa, nimayam derdim. Oldinda yoki chap qanotda o‘ynashimni men hal qilmayman, buni murabbiylar hal qiladi. Murabbiylar orqasida ham buni ko‘ra oladigan juda ko‘p odamlar o‘tiradi. Ba’zi paytlarda chap qanot yarim himoyasiga qo‘yishadi, menimcha, hammasi to‘g‘ri o‘ylangan.
– Muxlislar sizni terma jamoaning hujum chizig‘ida ko‘rishni istashmayapti. Ularga qanday javob bera olasiz?
– Kupchilik termadan ket desa, kulgim keladi. Menga ishonib terma jamoaga chaqirishadi, bu men uchun sharaf, g‘alaba uchun hatto maydonda o‘lishga ham tayyor bo‘ladi futbolchi. Lekin tushunmaydigan ba’zi bir odamlar termadan ket deydi. Tasavvur qiling, senga ishonib chaqirishsa, sen termaga kerak bo‘lsang, qanday qilib «Yo‘q, kechirasizlar, men o‘ynamayman», deb uyga borib, divanda yotasiz. Bu sotqinlik.
– Terma jamoaning mashg‘ulotlaridan tashqari, o‘z ustingizda ishlaysizmi?
– Ha albatta, o‘z ustimda ishlayman, asosan, individual mashg‘ulotlarda darvozani aniq nishonga olish bo‘yicha mashqlar bilan ishlayman.
– Siz qanotda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmaysiz, to‘g‘rimi?
– Hamma aytadi darvoza burchagiga tep, darvoza burchagiga tep, deb, lekin aytish oson uni bajarish qiyin. Men ham xohlayman gol urishni, albatta yutqazishni istamayman, axir men o‘zimga dushman bo‘lmasam kerak. Siz aytgandek, hammasi shunchalik oson bo‘lganida men hozir «Real»da o‘ynayotgan bo‘lardim.
– Oxirgi savol. Jahon Chempionatiga chiqamizmi yo‘q-mi?
– Agar bu uchun o‘lish kerak bo‘lsa, men maydonda o‘lishgayam tayyorman. Xudo xohlasa, albatta chiqamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi