Avvalgi hafta yaponiyalik Yuya Osako, avstraliyalik Tomas Rogich va Tomi Jurich o‘z terma jamoalari libosida 6-gollarini nishonlashdi. Qatar terma jamoasi futbolchilariga alohida tasanno!
Ular naq 33 yil oralig‘ida Janubiy Koreya milliy jamoasi ustidan ilk bora g‘alaba qozonish barobarida O‘zbekiston futboliga Rossiya mundialiga borish umidini qaytarib berishdi. Ha-ya, hamyurtimiz Ravshan Ermatov Avstraliya va Saudiya Arabistoni milliy jamoalari o‘rtasidagi muhim uchrashuvda yana bosh hakam rolini bajardi, xuddi birinchi davradagi kabi.
Umumiy holat. Ayni paytgacha OFK miqyosida JCh-2018 saralash bosqichlari doirasida jami 212ta o‘yin o‘tkazildi va ularda 635ta gol qayd etildi. Hozirda Muhammad al Sahlaviy (Saudiya Arabistoni)va Ahmad Xalil (BAA) tegishlicha 16 va 15ta gol bilan to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilib turishibdi. Ayni holatga kelib, qit’amizda mundial yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan 12ta jamoa orasida Iroq va Tailand terma jamoalarida nazariy jihatdan ham imkoniyat qolmadi.
Bizning guruhdagi Qatar va Xitoy termalari esa faqat «pley-off»ga chiqishdan umidvor bo‘lishlari mumkin, xolos. Muxlislar tashrifiga kelsak, ortda qolgan o‘yinlarni jami 39 938 298 tomoshabin bevosita stadionlarda kuzatib bordi. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha hisobda 18 553dan to‘g‘ri keladi. Eron milliy jamoasi Rossiya (mezbon) va braziliyaliklardan so‘ng mundial yo‘llanmasini naqd qilgan 3-terma bo‘ldi.
E’tiborlisi, forslar JCh-2014 saralashida bu masalani 4-bo‘lib hal qilishgandi - Braziliya (mezbon), Yaponiya va Avstraliya termalaridan so‘ng. FIFA rasmiy saytida yozilishicha, jahon chempionati-2018 saralash bosqichlarida eng ko‘p vaqt to‘p surgan futbolchi - bu Mayya Yoshida (Yaponiya)dir. U jami 16ta o‘yinda to‘liq vaqt harakatlandi - 1440 daqiqa. Eng ko‘p gol esa Avstraliya terma jamoasi hisobida - 15 o‘yinda 43ta.
Turli ko‘rsatkichlar
OFK miqyosida eng ko‘p gol urgan jamoalar: Avstraliya - 43ta; Yaponiya - 42ta; Saudiya Arabistoni - 40ta; Janubiy Koreya, Qatar - 35tadan; Eron - 34ta; BAA - 33ta; Xitoy - 32ta; Suriya - 30ta; O‘zbekiston - 26ta
Penalti vositasida eng ko‘p gol urgan jamoalar: Saudiya Arabistoni - 7ta; Avstraliya - 6ta; Eron - 5ta; Iordaniya - 4ta; BAA, Suriya - 3tadan. O‘zbekiston termasi joriy sikl davomida hali biror marta penalti tepgani yo‘q
Eng ko‘p sariq kartochka olgan jamoalar: BAA - 28ta; Qatar, O‘zbekiston - 23tadan; Eron, Suriya - 21tadan
Eng ko‘p qizil kartochka olgan (2-sariq kartochka orqali ham) jamoalar: Tailand - 3ta; Tojikiston, Myanma - 2tadan. Vetnam, Falastin, Yaman, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Sharqiy Timor, O‘zbekiston, Eron, Hindiston, Guam, Filippin, Singapur va Livan terma jamoalari 1tadan «qizil»ga ega.
Eng ko‘p vaqt o‘ynagan futbolchilar: Mayya Yoshida (Yaponiya) - 1440 daqiqa; Igor Sergeev (O‘zbekiston), Umar Abdulrahmon (BAA), Osama Havsaviy (Saudiya Arabistoni), Anzur Ismoilov (O‘zbekiston) - 1353 daqiqa; Odil Ahmedov (O‘zbekiston) - 1338 daqiqa; Egor Krimes (O‘zbekiston), Ki Sun Yong (Janubiy Koreya) - 1260 daqiqa
Eng ko‘p sariq kartochka olgan futbolchilar: Mudir al Radai (Yaman) - 5ta; Sebastyan Soriya Kuintana (Qatar), Serdar Annaorazov (Turkmaniston), Davron Ergashev (Tojikiston), Azizbek Haydarov (O‘zbekiston) - 4tadan. 9 nafar futbolchi ikkinchi sariq kartochka orqali maydondan chetlatilgan (ular orasida Azizbek Haydarov ham bor). Yana 9 nafar futbolchi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan
To‘purarlar: Muhammad al Sahlaviy (Saudiya Arabistoni) - 16ta; Ahmad Xalil (BAA) - 15ta; Tim Keyxill (Avstraliya), Sardor Azmun (Eron), Hassan al Haydos (Qatar) - 9tadan; Yang Ksyu (Xitoy), Umar Harbin (Suriya), Mehdi Taremi (Eron), Ali Mabhut (BAA) - 8tadan
*** Terma jamoamiz etakchilaridan biri Anzur Ismoilov mundiallar saralashida 39-marta maydonga tushdi (20ta g‘alaba, 6ta durang, 13ta mag‘lubiyat). U shuncha o‘yinda 8 marta sariq kartochka olgan. Ismoilov jahon chempionati saralashi doirasida ilk marta 2008 yilning 7 iyun kuni Singapur termasiga qarshi kechgan uy uchrashuvi (3:0)da maydonga tushgandi.
*** Akmal Shorahmedov Eron termasiga qarshi bahsga qadar JCh saralashi doirasida milliy jamoamiz libosida so‘nggi marta 2013 yilning 10 sentyabr kuni maydonga tushgandi - Toshkentda iordanlarga qarshi kechgan bahs (1:1)da.
*** 12 iyun kungi o‘yindan oldin berilgan ma’lumotga ko‘ra, Eron termasi tarkibining umumiy narxi 33,28 mln. funtni tashkil etgan va bizning jamoaniki buning yarmidan ko‘proq edi - 17,6 mln. funt. Futbolchilarning o‘rtacha yoshi esa deyarli teng: 27,2ga 27,1.
*** JCh-2018 saralashi davomida milliy jamoamiz safida 31 nafar futbolchi maydonga tushdi. Shuningdek, yana 17ta nafar futbolchi o‘yin qaydnomasiga kirdiyu, maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘lmadi. Umuman, jamoamiz safida ayni saralash siklida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi Igor Sergeevdir. U 16ta o‘yinda jami 1353 daqiqa harakatlanib, 4ta gol urdi.
*** Eron terma jamoasi darvozaboni Alirizo Safar Beyranvand uchinchi raund doirasidagi 7ta o‘yinda maydonga tushib, ularda birorta gol qo‘yib yubormadi. Fors kiperi bu borada jahon bo‘yicha Jo Xart (Angliya, 5ta o‘yin) va Jeymi Penedo (Panama, 5ta o‘yin)ni ortda qoldirdi.
*** O‘zbekiston terma jamoasi vakillari forslarga qarshi o‘yinda jami 316ta uzatmaniamalga oshirdilar va ulardan 71,5 foizi aniq chiqdi. Futbolchilarimiz ijrosidagi atigi 60ta uzatma uzun «pas» bo‘ldi. Vakillarimiz butun vaqt davomida 13 marta krossga kirishdilar.
*** Qatar milliy jamoasi o‘z tarixida Janubiy Koreya termasini 2-marta mag‘lubiyatga uchratdi. Arablar koreyslar ustidan qozonilgan ilk g‘alabani 1984 yilning 10 dekabr kuni Osiyo kubogi final bosqichida nishonlagandilar - 1:0. Ular shundan keyingi davrda koreyslarga 4 marta yutqazib, 2ta uchrashuvda durang qayd etishgandi.
*** 28 yoshli markaziy yarim himoyachi Ki Sung Yong Qatar termasiga qarshi bahsda Janubiy Koreya milliy jamoasi safida 93-marta maydonga tushib, 10-golini nishonladi. U mamlakat bosh jamoasidagi gollari hisobini 2008 yilning 10 sentyabr kuni KXDR termasiga qarshi kechgan mundial saralashi o‘yinida ochgandi. Shuningdek, 1996 yili tug‘ilgan hujumchi Xvang Xi Chan Janubiy Koreya termasi safidagi 7-o‘yinida ilk golini nishonladi.
*** Suriya - Xitoy bahsida jarima zarbasi vositasida chiroyli gol urgan Ahmad al Solihning terma jamoadagi samarali zarbalari soni 2taga etdi (38ta o‘yinda). E’tiborlisi, Suriyaning barcha yosh toifasidagi termalarida o‘ynagan al Solih so‘nggi uchrashuvda sardorlik bog‘ichi ostida harakatlandi.
*** Avstraliya termasi hujumchisi Tomi Jurich 30-o‘yinida 5-6-gollarini nishonladi. 25 yoshli futbolchi saudlar darvozasini ishg‘ol qilguniga qadar Yaponiya, Ummon va Iroq termalari darvozabonlarini ranjitgandi. U 2016 yilning 6 oktyabrida Saudiya termasiga qarshi kechgan safar o‘yinida ham gol urgandi. Tomas Petar Rogich ham Avstraliya termasi safidagi gollari sonini 6ta etkazdi. «Sokkeruz» safida 2012 yili debyut qilgan futbolchining barcha gollari JCh-2018 saralashiga to‘g‘ri keldi.
*** Yaponiya termasi mundial saralashida 14-marta 1:1 hisobiga ko‘ndi. Yaponlar Avstraliya termasi bilan 4 marta va bizning jamoa bilan 3 bora shunday hisob qayd etishgan.
*** Avstraliya termasi jahon chempionatlari saralashida quyidagi statistikaga ega: 121ta o‘yin, 69ta g‘alaba, 31ta durang, 21ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati - 314-97.
*** Avstraliya terma jamoasi JCh-2018 saralashida jami 43ta gol urdi. Lekin bu «sokkeruz» uchun rekord natija emas. «Yashil qit’a» vakili 2002 yilgi mundial yo‘lida 73ta gol urib, atigi 4ta qo‘yib yuborgan bo‘lsa hamki, yakunda yo‘llanmani yutolmagan. Chunonchi, qit’alararo «pley-off» bosqichida Urugvay termasiga bas kelolmagandi - 0:3.
*** Qatar termasi futbolchilari Janubiy Koreya jamoasi bilan o‘yinda 273ta «pas» berishdi (63 foizi aniq). Uzun «pas»lar - 65ta, kross - 8ta. Umuman, mezbonlar atigi 36,6 foiz vaqtda to‘pga egalik qilishdi.
*** Yaponiya termasi hujumchisi Yua Osako jamoa safidagi 19-o‘yinida 6-golini urdi. Bu hujumchi mundial saralashida o‘z hisobiga ilk marta gol yozib qo‘ydi.
*** Yaponiya termasi vakillari - Xiroshi Kiyotake va Xiroki Sakai uchinchi raund o‘yinlarida 3tadan gol hammuallifiga aylanishdi. Taysir al Jassim (Saudiya Arabistoni) va Aaron Muy (Avstraliya) hisobida ham aynan 3tadan samarali uzatma bor.
*** FIFA referisi Ravshan Ermatov JCh-2018 saralashi doirasida 4-marta ishladi. Avstraliya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib borgan 39 yoshli vakilimiz hisobidagi JCh saralash uchrashuvlari soni 21taga etdi (JCh-2006 - 3ta, JCh-2010 - 8ta, JCh-2014 - 6ta, JCh-2018 - 4ta). E’tiborli fakt: Ermatov saudiyaliklar va avstraliyaliklar ishtirokidagi 8tadan o‘yinda ish olib borgan.
*** Ayni saralash siklida eng ko‘p o‘yin singapurlik Muhammad Taqiga topshirildi - 8ta. U 8-turda Tailand - BAA o‘yinini boshqardi. Ahmad al Kaf (Ummon) esa joriy sikl doirasidagi 7ta o‘yinni boshqardi.
*** 8-tur o‘yinlari uchun berilgan «zayavka»larga ko‘ra, jamoalar tarkibining umumiy narxi 247,95 mln. funt sterlingni tashkil etdi (7-turga nisbatan 6,19 mln. funt ko‘p). Eng qimmatbaho futbolchilar - Son Xyun Min (Janubiy Koreya) - 21,25 mln., Sardor Azmun (Eron) - 11,05 mln., Shinji Kagava (Yaponiya) - 11,05 mln.
Tur qahramoni. Hassan al Haydos. 1990 yilning 11 dekabrida Doxada tug‘ilgan. Bo‘yi - 174 sm. Klubi: «Al-Sadd». Aynan shu klub tarbiyalanuvchisi. Qatarning 20 va 23 yosh toifasidagi terma jamoalarida ham o‘ynagan. Milliy jamoadagi debyutini esa 2008 yilning 10 sentyabr kuni Bahrayn termasiga qarshi kechgan o‘yinda nishonlagan. Hozirga qadar jamoa libosida 85 marta maydonga tushib, 17ta gol urdi. Ulardan 9tasi joriy saralash o‘yinlariga to‘g‘ri keladi. Fors ko‘rfazi millatlar kubogi-2014 turniri g‘olibi.
Bilasizmi?
OFK miqyosida JCh saralashida maydonga tushgan eng yosh futbolchi - bu Ahmad al Bahriy. Saudiya Arabistoni termasi vakili 2005 yilning 30 mart kuni Quvayt jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushganida, 14 yosh 6 oy 12 kunlik edi. Bahriyga qadar bu rekord Laos termasi vakili Lazafon Xanyavong (14 yosh 9 oy 23 kunlik)ga tegishli bo‘lgan. Ushbu mezon bo‘yicha olsak, eng yoshi katta futbolchi Aleksandr Durichdir. U 2011 yilning 15 noyabrida Singapur jamoasi safida markaziy hujumchi sifatida (!) maydonga tushganida (Xitoy termasiga qarshi) 41 yosh 3 oy 3 kunlik edi.
Qaysi jamoada tajriba ko‘p?
Transfermakt.de portali ma’lumotlariga tayansak, tarkibdagi futbolchilarning mundiallar saralashida o‘tkazgan o‘yinlari umumiy soni bo‘yicha O‘zbekiston termasi oldinda. Uchinchi raundda tarkibga kiritilgan futbolchilar bo‘yicha olsak, 27 nafar o‘yinchimiz umumiy hisobda 321ta saralash uchrashuvida maydonga tushgan. Bu boradagi eng past ko‘rsatkich Tailand termasiga tegishli - jami 103ta o‘yin.
FIKRAT tayyorladi
Manba: www.interfutbol.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»