Erondan uchralgan mag‘lubiyat shunaqa qattiq ta’sir qilgan ekanki, ko‘chada uchragan to‘rtta odamdan uchtasi futbolchilarimiz va murabbiylarimizning «shirin ta’riflar» bilan yodga olishadi. Jumladan, men ham ana shunday muxlislardan ko‘pining dardiga quloq tutdim. Bu fikrlar orasida jahl bilan aytilganlari ham, mulohaza qilib bildirilganlari ham bor. Keling, shu fikrlarga quloq tutamiz.
Zarif aka, haydovchi:
— Uka, bu futboldagi muammolarni qanday hal qilsa bo‘ladi? Nega shunchadan beri tuzukroq ish qilinmadi, a? Abramov davrida zo‘r o‘ynardik, lekin natija bo‘lmadi. Mirjalolni olib kelishdi. Malades, Mirjalol futbolni zo‘r tushunadi, degandik, lekin bitta avtogol tufayli termamiz jahon chempionatiga chiqa olmadi va Mirjalol ham termadan ketdi. Keyin esa Samvel Babayan keldi. Buni qara, endi na o‘yin bor, na natija. Tushunmayman, uka, nega bunday qilishdi? Axir bir murabbiy ishini eplay olmasa, o‘rniga boshqa tajribaliroq murabbiyni olib kelish kerak-ku, to‘g‘rimi?
Botir aka, sotuvchi:
— E, shu o‘yinni gapirma, uka? Har doim kechqurun 10 gacha kassa qilib, keyin uxlardim. Shu kuni bozorniyam yig‘ishtirib, futbol ko‘ribman-a! Qancha foydadan quruq qoldim! Tushunmayman, nima qiladi bular mashg‘ulotlarda?! Otning kallasiday oylik oladi, o‘ynasa o‘ladimi? «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda ikkita gol urgani zahoti Masharipov termaga chaqirildi, lekin u ham zaxira o‘rindig‘ini to‘ldiryapti, xolos. Xullas, men terma jamoani jahon chempionatiga chiqarishning yo‘lini topdim. O‘zi buning bitta yo‘li bor, Braziliya yoki Ispaniya zbornilaridagi o‘yinchilarni olib, terma tuzib, nomini «O‘zbekiston milliy termasi» deb o‘zgartirish kerak, tamom. Yoki termaning tarkibini butunlay yangilash kerak, Babayanning bunday qilishiga esa ko‘zim etmayapti-yov.
Salim aka, sartarosh:
— Hozir bizada amaldagi chempion «Loko», to‘g‘rimi? Lekin zborniyning asosiy tarkibida nechto «Loko» o‘yinchisi bor? Yoki «Nasaf» uchinchi o‘rinni egallaydi, qani bu klubning futbolchilari? Termadagi aksariyat o‘yinchilar «Paxtakor»dan. Axir hozirgi Babayan bu «Paxtakor»ni boshqargan Babayan emas-ku, to‘g‘rimi? Uning mas’uliyati ikki karra oshgan, u hozir umuman boshqa Babayan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi. Bu hazilakam gap emas! Baraka topgur, shunday nomdan foydalanmaydimi? O‘qidim, termaning tarkibini men emas, murabbiylar shtabi tayinlaydi, debdi. Xo‘sh, o‘sha murabbiylar shtabida o‘z ishini qoyillatib qo‘ygan birorta mutaxassis bormi? Yo‘q. Bittasi haydalgan, boshqa bittasi anchadan beri futbolga aralashmay qo‘ygan. Bitta legionerimizning-ku tuzuk foydasi tekkanini ko‘rmadim. Menimcha, uyam nomiga chaqirilgan, aslida, hech qanday ahamiyati yo‘q uning, ismi Deyan Jorjevichmidi? Xullas-da…
Xullas, agar har bir muxlisdan fikr so‘rasangiz, har bittasi bitta yangi fikr aytadi, bu shuni anglatadiki, o‘zbek futbolida, ayniqsa, terma jamoamizda muammolar ko‘paysa ko‘payyaptiki, kamaygani yo‘q. Aslida, echim juda oddiy, tarkibni almashtirib, ishonchni oqlamayotgan (Sergeev, Andreev) yoki futbolchi ekanligini unutib qo‘yayotgan (Lobanov) larning o‘rniga boshqa futbolchini tushirish kerak. Ochig‘i, shaxsan men Babayan nega Nesterovni ikkinchi darvozabon qilib qo‘yganini haligacha tushuna olmayman. Mayli, xullas, tarkibni yaxshiroq tuzib, murabbiylar shtabini ham tozalash kerak.
Qani Evstafeev yoki yoshlarimiz bilan yaxshi natija ko‘rsatgan boshqa mutaxassislar? Agar shu insonlar shunchaki yo‘q bo‘lib ketsa, futbol mutasaddilarining ishiga «ikki» baho! Agar vaziyat shu tarzda ketaversa, hech narsa o‘zgarmasa va termamiz bu safargi mundialdan ham quruq qolsa, futbolimiz mutasaddilariga «ikki» baho! Agar natija bo‘lmasa, futbol orqasidan non eyayotganlarning topgani halol emas, aslo, chunki bu pullar xalqniki va xalq o‘zbek futbolining bugungi ahvolidan norozi. Norozi odamning haqi esa hech qachon buyurmaydi. Nima dedingiz?
Manba: stadion.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»