
Xitoy Superligasi 14-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Axmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” klubi o‘z maydonida “Xenan Jiane” klubini qabul qildi.
Qiziqarli tarzda kechgan o‘yinda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, hamyurtimiz “Shanxay SIPG”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Bunga qadar esa Odil hakam tomonidan ogohlantirilgan edi. Hamyurtimiz 87-daqiqada zahiraga olindi.
Shu tariqa, Andre Villash-Boash boshqaruvidagi jamoa ochkolari sonini 33 taga etkazib oldi va 1-o‘rindagi “Guanjou Evergrand” bilan oradagi farqni 1 ochkoga qadar qisqartirdi.
Xitoy Super ligasi. 14-tur
“Shanxay SIPG” – “Xenan Jiane” 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: Eddi Gomesh (avtogol 22), Odil Axmedov (51), Elkeson (62), Vu Lei (66) – Patino (74) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar