11:33 / 03.07.2017
5 362

O‘zbek futboli “virusi” chetga chiqa boshladi: “Sho‘rtan”ga kim yordam bera oladi?

O‘zbek futboli “virusi” chetga chiqa boshladi: “Sho‘rtan”ga kim yordam bera oladi?
Joriy yil FIFAdan O‘zbekiston futbol federasiyasiga xat kelgani, unda O‘FF 11 mayga qadar Oliy liga ishtirokchisi “Sho‘rtan”ni Birinchi ligaga tushirib yuborishi yozilgani haqida xabar bergandik.

Barcha muammo “Sho‘rtan” klubi sobiq futbolchisi Urosh Miloslavlevich bilan bog‘liq. U FIFAga g‘uzorliklar ustidan arz qilib, qolib ketgan maoshini undirib berishni so‘ragan.

Klub rahbarlari oradan biroz vaqt o‘tib, Miloslavlevichga bo‘lgan qarzdorlikni qoplab, jamoani qayta tashkil etishayotgan bir paytda “Sho‘rtan”da yangi muammolar paydo bo‘ldi.

Gap shundaki, bir necha kun ilgari FIFA “Sho‘rtan”ga yana xat yuborgan. Bu safar muammo jamoani 2011-2012 yillar boshqargan belorussiyalik murabbiy Igor Kriushenko va uning yordamchisiga tegishli.

Ma’lum bo‘lishicha, “Sho‘rtan”ning Igor Kriushenkoga 95 ming AQSh dollari va o‘sha vaqtda darvozabonlar murabbiyiga (nomi keltirilmagan) 26 ming AQSh dollari qarzi bor. G‘uzorliklar FIFA chiqargan qaror sababli katta ehtimol bilan yangi mavsumni Birinchi ligada boshlashadi.

Agar shunda ham “Sho‘rtan” quyi ligadan Oliy Ligaga chiqish vazifasini ado etsa, FIFA keyingi mavsumga ham jamoani jazolashi mumkin. Ya’ni Igor Kriushenkoga bo‘lgan qarzdorlik haddan ziyod ko‘pligi tufayli “Sho‘rtan” yana Birinchi ligaga ravona bo‘lish ehtimoli yuqori.

Uning ustiga, jamoani boshqarayotgan Ixtiyor Karimov va uning yordamchilari ham noma’lum sabablarga ko‘ra vakolatlaridan chetlashtirilishdi. Shuningdek, jamoani legioner Oleksandr Pishur va tajribali Akmal Xolmatov kabi futbolchilar tark etishgan.

Endilikda “Sho‘rtan”ning murabbiy kursisi bo‘shab yotibdi, u kursiga hech kimning o‘tirgisi ham yo‘qdek. Chunki boshi balolarda qolib ketayotgan jamoa natijasini qo‘rqmasdan o‘z mas’uliyatiga oladigan murabbiyni hozirgi zamonda deyarli topish qiyin.

“Sho‘rtan” endilikda o‘zining yangi rahbariyati bilan 4 iyul kuni G‘uzorda uchrashuv o‘tkazadi va shu majlisda bo‘lajak rejalar ma’lum etib o‘tiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek futboli “virusi” chetga chiqa boshladi: “Sho‘rtan”ga kim yordam bera oladi?