15 iyul kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasiga so‘nggi 10 oy davomida rahbarlik qilgan Adham Ikromov mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, fuqarolar ijtimoiy farovonligini ta’minlash va yana boshqa ko‘plab tashkiliy ishlar bo‘yicha ish hajmi nihoyatda kattaligi va shu bois vaqt ziqligini e’tiborga olib, o‘z xohishiga ko‘ra federasiya raisi lavozimini topshirishga qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, Adham Ikromov shu yilning iyun oyida Savdo-sanoat palatasi raisi etib tayinlangandi.
Qilichbozlik federasiyasining yangi rahbari etib hozirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash direksiyasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Shoabdurahmonov saylandi. Shu paytga qadar federasiya raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muhammad Humoyun Ibragimov Bosh kotib bo‘ldi.
Rustam Shoabdurahmonov avval Makroiqtisodiyot va statistika vaziri, Toshkent shahar hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?