Tribuna.Uz saytida e’lon qilingan «Qirg‘izistonga qarshi o‘yinga muxlislarni kiritmaslik qarori O‘FF tomonidan qabul qilingan» maqolasida keltirilgan O‘FF va FIFA orasidagi yozishmalardan anglash mumkinki, shu bugungacha jamoatchilik o‘rtasida eng asosiy sabab sifatida taxmin qilib kelingan versiya — Samvel Babayan tomonidan terma jamoamiz taktikasini raqiblardan sir tutmoqchi bo‘lgani noto‘g‘ri bo‘lib chiqmoqda.
Zero, O‘FFning FIFAga yo‘llagan xatida o‘yinning translyasiyasi ko‘zda tutilgani yozilgan. (O‘FF 8 avgust kuni Qirg‘izistonga qarshi mashg‘ulot-nazorat o‘yini o‘tkazishi va o‘yinda o‘yinchi almashtirishlar soni cheklanmasligini, biroq u TVda translyasiya qilinishi va chipta chiqarilishi mo‘ljallanayotganini xabar qilib, FIFAga xat yozgan)
Xo‘sh, ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yinni biz ko‘ra olmayotganimizning sababi qayerdan kelib chiqmoqda? Aslida bu o‘yinni muxlislarga taqdim etishning iloji bor edimi?
Vaziyatga baho bersak, Terma jamoamiz ixtiyorida uchta yo‘l bor edi:
1) Jamoalar 6 tagacha o‘yinchi almashtirishga kelishib, uyinni «A» tasnifga kiritgan holda, chipta sotish, TVda ko‘rsatish...
2) 6 tadan ko‘p almashtirishga kelishgan holda, o‘yinga NAZORAT-MAShG‘ULOT maqomini berish va aynan shu nom bilan chipta chiqarish va sotish, TVda ko‘rsatish. Buning uchun faqat FIFAga chipta va o‘yin borasida TVdagi reklama mazmunini taqdim etish kerak bo‘lardi, xolos.
3) 6 tadan ko‘p o‘yinchi almashtirishga kelishib, NAZORAT uyin maqomini berish. Muxlislar uchun chipta ham chiqarmaslik, TVda ham ko‘rsatmaslik...
Ko‘rib turganingizdek, O‘FF 3-yo‘lni tanlagan.
Agar o‘yinning «A» tasnifdan NAZORAT O‘YINI maqomiga o‘tib qolgani faqat 6 tadan ko‘p zaxiradan foydalanish huquqi tufayli bo‘lsa, o‘yinni ko‘rolmaganimizga sabab O‘FFning erinchog‘ligi — ular chipta va TV reklamalarni FIFAga taqdim etishga erinib, yopiq qilib qo‘ya qolishgan.
Axir NAZORAT o‘yinining ochiq bo‘lishi va translyasiya qilinishiga boshqa to‘siqlar ko‘rinmayapti, to‘g‘rimi?
Shu erda, «Yo‘q, bu nazorat o‘yini, TVda ham shunaqa deb reklama qilinyapti, mana chiptada ham «nazorat o‘yini», deb yozilyapti, mana nusxasi», deb javob berilsa, fikrimcha, FIFA rozi bo‘lardi.
Qaysidir ma’noda, o‘yinning yopiq bo‘lishidan O‘FF, jumladan, murabbiylar shtabi manfaatdor bo‘lish uchun (masalan, taktikani yashirish) bu holatga yo‘l qo‘yishgan bo‘lsa, nima ham derdik, o‘sha ajoyib taktika va rejaning rasmiy o‘yinlarda ish berishiga umid qilib qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi