
Avval taniqli restler bo‘lgan, hozirda amerikalik mashhur aktyor Dueyn "Qoya" Jonson Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang uchun ataylab Las-Vegasga keladi. Dunyoning eng ko‘p haq oluvchi aktyorlaridan biri hisoblanuvchi Jonson bu jangda konferanselik qiladi va buning uchun bir kunga Kanadadagi suratga olish maydonchasidan ataylab uchib keladi. Aktyor bu haqda instagramda izoh berdi.
“Bu haftada men Konor bilan bog‘landim. Uning jangdan kutayotgan istaklari ajoyib mahoratidan ancha yuksakroqdir. U ham Meyvezer kabi dunyoga nafaqat unutilmas tomosha, balki qonida mavjud bo‘lgan jangchi ruhini ko‘rsatmoqchi. Hurmatga sazovor bo‘lishning birgina yo‘li – uni qozonishdir. Eng kuchli g‘olib bo‘lsin”, deb fikr bildirgan Jonson.
Eslatib o‘tamiz, jang boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar