
Germaniyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari davom etmoqda.
Ayni damda kechki dasturdan o‘rin olgan janglar bo‘lib o‘tmoqda. Hozirgina ringga chiqqan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov ilk to‘qnashuvni kosta-rikalik Robinson Rodrigesga qarshi olib bordi.
Mazkur bellashuvda o‘zining tezkor va aniq zarbalari evasiga Hasanboy Do‘smatov kosta-rikalik raqibini hakamlar xulosasiga ko‘ra 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Endi hamyurtimiz 29 avgust kuni hindistonlik Amit bilan kuch sinashadi.
Vakillarimiz ishtirokidagi so‘nggi jang 23:15da start oladi. Ushbu qarama-qarshilikda Isroil Madrimov (75 kg) turkmanistonlik Aziz Achilovga qarshi ringga chiqadi.
Manba: Sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar