Mourino xayriya uchrashuvida o‘zini darvozabon sifatida sinab ko‘rdi

Mourino xayriya uchrashuvida o‘zini darvozabon sifatida sinab ko‘rdi
Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino futbol va shou-biznes yulduzlari o‘rtasidagi xayriya uchrashuvida darvozabonlik qildi, deb yozadi Kun nashri. Bu uchrashuv 2 sentyabrda “Kuinz Park Reyndjers” klubining uy maydoni hisoblangan Londondagi “Loftus Roud” stadionida bo‘lib o‘tdi.

54 yoshli portugaliyalik mutaxassis futbol yulduzlari jamoasi tarkibida darvozabon Devid Jeyms o‘rniga maydonga tushdi. Bu jamoaga afsonaviy Alan Shirer, shou-biznes yulduzlari jamoasiga esa Les Ferdinand sardorlik qildi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang natija bilan tugagach, penaltilar seriyasi amalga oshirilgan. Mourino o‘ziga berilgan ishonchni oqlab, penaltini bexato amalga oshirganiga qaramasdan, uning jamoasi natijada 3:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar