Sadriddin Saymatov - 2017 yilning eng yaxshi karatechisi!

Sadriddin Saymatov - 2017 yilning eng yaxshi karatechisi!
Germaniyaning Leypsig shahrida olimpiya sport turlari oilasiga mansub karate WKF bo‘yicha nufuzli Premyer-Liga musobaqalarining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tgandi. Olamsport.com saytining xabar berishicha, karateda Premyer-Liga musobaqasi Jahon Kubogi musobaqasi hisoblanib, 5 ta bosqichdan iborat bo‘ladi. Bu yil ushbu bahslarga Parij (Fransiya), Rotterdam (Gollandiya), Dubay (BAA), Rabat (Marokash) va Leypsig (Germaniya) shaharlari mezbonlik qildi.

Jami 10 ta vazn (5ta erkaklar, 5 ta ayollar) toifasida o‘tkazilgan Premyer-liganing yakka va jamoaviy kumite bahslarida 18 yoshdan katta sportchilar tatamiga chiqishdi. Ushbu musobaqalar tizimi sportchilarga Tokio-2020 Olimpiadasiga muhim reyting ochkolarini berishi bilan ahamiyatli edi.

E’tiborga molik jihati shundaki, hamyurtimiz Osiyo chempioni Sadriddin Saymatov ana shu Premyer-liga musobaqalarining 4tasida g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Aynan mana shu natijasi evaziga Sadriddin Saymatov haqli ravishda yilning eng yaxshi karatechisi deb topildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar