Kristian Rodriges: Suares dunyoning eng yaxshi futbolchisi, u Messi va Ronaldudan kuchliroq


Urugvaylik yarim himoyachi Kristian Rodriges hamyurti Luis Suaresni dunyoning eng kuchli futbolchisi deb bilishini aytib o‘tdi. Ilgari "Atletiko", "Portu" va "Benfika" sharafini himoya qilgan tajribali futbolchi Suaresni Ronaldu va Messidan kuchliroq deb atagan.
"Suares Messi va Ronaldudan kuchliroq. Men bunga ishonaman.
U har doim hujumda o‘ynaydi va mudom boshini baland tutib, oldinga yuradi. U kichik xududda ham raqiblarini aldab o‘tishi mumkin. Shaxsan o‘zim uni dunyoning eng kuchli futbolchisi deb bilaman", - deydi Rodriges.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…