
Xitoy Superligasida 25-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
«Shanxay SIPG» o‘z maydonida «Shanxay Shenxua» klubini 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov «SIPG» asosiy tarkibida maydonga tushib, 90 daqiqa o‘ynadi va gollardan biriga mualliflik qildi. Mavsum boshidan buyon uning hisobida 17ta o‘yin va 3ta gol bor.
Bu natijadan so‘ng, «SIPG» musobaqa jadvalida 51 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Xitoy Superligasi, 25-tur
«Shanxay SIPG» - «Shanxay Shenxua» - 6:1
Gollar: Halk (56, 75), U Ley (58, 63), Ahmedov (60), Li (82) - Teves (61)
Manba: stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing