14:09 / 17.09.2017
4 803

«Shanxay SIPG» o‘zida «Shanxay Shenxua» klubini yirik hisobda yengdi. Odildan gol! (Video)

«Shanxay SIPG» o‘zida «Shanxay Shenxua» klubini yirik hisobda yengdi. Odildan gol! (Video)
«Shanxay stedium»da kechgan bahsda 6:1 hisobi qayd etilib, mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvda mezbonlardan Xalk va U Ley dubl muallifiga aylangan bo‘lsalar, Ahmedov va Li Shenlon bir martadan raqib darvozasini aniq nishonga oldilar. Mehmonlarning yagona goliga ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Karlos Teves mualliflik qildi.

Eng hayron qolarlisi, jamoalar 56 va 63-daqiqalar oralig‘ida (7 daqiqa) besh martta darvozalarga to‘p kiritdilar.

Bu g‘alabadan so‘ng «Shanxay SIPG» o‘z ochkolari sonini 51 taga yetkazib oldi va peshqadam «Guanchjou Evergrand»ni (56) ortidan quvishda davom etmoqda.

Xitoy chempionati, 25-tur

«Shanxay SIPG» – «Shanxay Shenxua» 6:1 (0:0, 6:1)

Gollar:
1:0 – 56 Xalk, 2:0 – 58 Ley, 3:0 – 60 Ahmedov , 3:1 – 61 Teves, 4:1 – 63 Ley, 5:1 – 75 Xalk , 6:1 – 82 Li.

Shanxay SIPG:
Yan Szyunlin - Fu Xuan (Chjen Chjiyun), Xe Guan, Vey Chen, Van Shenchao - Ahmedov, Say Xueykan, Oskar – Xalk (Shixao Vey), Lyuy Venszyun (Li Shenlun 80), U Ley.

Shanxay Shenxua:
Li Shuay - Li Yunsyu, Bi Szinxao, Kim Ki Xi, Bo Szyatszyun - Van Shoutin, Sin Shen, Syuy Szyunmin (Mao Szyansin 24), Moreno (Teves 46), Sao Yundin - Chju Szyanjun (Chjan Lu 60).

Ogohlantirishlar: Shoutin 29, Yunsyu 37, Chjen 81, Xueykan 90.

Quyida siz hamyurtimiz Odil Ahmedovning goli va o‘yinning to‘liq videosharxini tomosha qilishingiz mumkin.

Ahmedovning goli:


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Shanxay SIPG» o‘zida «Shanxay Shenxua» klubini yirik hisobda yengdi. Odildan gol! (Video)