O‘rta vazn toifasida WBC/WBA/IBF kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin Saul «Kanelo» Alvaresga qarshi revansh janggi o‘tkazishga qarshi emas, deb yozadi Kun nashri.
«Men meksikacha usulda jang o‘tkazishga tayyorman, yaqin masofada turib mushtlasha olaman. Men yanada dramatik shou ko‘rsatishni xohlagandim. Ammo bu u qadar o‘xshamadi.
Bu mening aybim emas, men har bir raundda bosim uyushtirdim. Men muxlislarni xursand qilmoqchi edim. Ammo bunday bo‘lib chiqmagan bo‘lsa, bu mening aybim emas. Men yutqazmadim. Men hali ham chempionman.
Albatta, men yana mushtlashishga, revanshga qarshi emasman. Revansh yoki boshqacha jang – men mushtlashishni istayman. Menda revansh o‘tkazish istagi bor», – degan Golovkin.
Golovkin – Alvares o‘rtasidagi uzoq kutilgan jangda g‘olib aniqlanmadi. Ushbu jang yakunida referilardan biri Golovkinga g‘alaba berdi (115-113), ikkinchisi – Alvaresga (118-110), uchinchi hakam esa kuchlar teng kelganini ma’lum qildi (114-114). Natijada, GGG kamarlarni o‘zida saqlab qoldi.
Bundan avvalroq meksikalik Alvares jang natijasi adolatli bo‘lmagani, Golovkin bilan yana jang qilishni istashi haqida aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi