Avvalom bor, sizni og‘ir va sharafli bo‘lgan O‘FF prezidentligiga saylanishingiz bilan tabriklab, sizga va oila a’zolaringizga uzoq umr, sog‘lik-omonlik, sabr-toqat va albatta omad tilashga ijozat bergaysiz.
Hurmatli, Umid Ahmadjonov, shu fursatdan foydalanib, nokamtarlik bo‘lsa ham, o‘zimni ayrim fikr va muloxazalarim bilan o‘rtoqlashsam.
1. 2017 yilni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qildi. Siz ham xalq bilan ochiq muloqotga kirishishingizni va shunday taqdirda oddiy xalq bilan ko‘proq uchrashib, ularning fikr va mulohazalarini tinglashingiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
2. Ikkinchi iltimosim ham bevosita yurtboshimiz Shavkat Miromonovich bilan bog‘liq. U kishidan o‘zingizga kuch-qudrat, aql-idrok, tun va kunni bir biriga ulab, faqat halol mehnat orqali futbolni rivojlantirish dardu g‘ami bilan yashashingizni Yaratgandan so‘rab qolaman.
3. O‘z oilangizga sizni tushunadigan, og‘iringizni yengillashtiradigan fidoiy insonlar bilan ishlashingiz kerak. Hozirgi kunda hech kimga sir emaski, O‘FFda juda ko‘plab o‘z ishlariga nomunosib insonlar ishlashadi. Siz esa yosh kadrlarga ko‘proq imkoniyat berishingizni istab qolardim.
4. O‘FF qoshida kuzatuv kengashi tuzishingizni, unga nafaqat Toshkent shahri, balki, viloyat futbolida ko‘zga ko‘ringan shaxslarni a’zo qilish, ular bilan yig‘ilish o‘tkazib, qilinadigan ishlar bo‘yicha muloqotni tinglashingiz kerak.
5. Barcha viloyatlarga tez-tez safar qilib, eng quyi futbolga oid kishilar bilan uchrashib, ularning dardlariga quloq solishingiz va albatta, viloyatlarda bolalar futbolining yig‘ilib yotgan muammolariga amaliy yordam berishingiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
6. Oliy liga klublarimizga chet ellik investorlar topib, biriktirish kerak. Men bu fikrni 10 yillardan buyon kuyinib qo‘llab-quvvatlab kelaman. Mana bu yil birinchi qaldirg‘och jamoamiz - "Paxtakor"da ushbu ishlar amalga oshdi. Men bundan juda xursand bo‘ldim. Lekin bir jamoaning o‘ziga katta e’tibor berib, qolganlar o‘zining aravasini tortishi adolatdan emas. Bu yo‘l bilan baribir futbolimiz o‘smaydi.
7. O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy tanlashda hech qanday shoshmashosharliklarsiz, o‘ta bosiqlik bilan, haqiqiy o‘zbeklardek maslahat qilgan holda, o‘zbek xalqi uchun jonini beradigan mutaxassisni tayinlash kerak.
Hurmatli Umid Ahmadjonov, shaxsan o‘zim sizni yaxshilab o‘rganib chiqqanligim bois ishonchim juda yuqori. Sizga ishonganligim bois, mana shu fikr-mulohazalarim bilan o‘rtoqlashdim. Umid qilamanki, bunga befarq bo‘lmaysiz. Sizga o‘zimning eng samimiy tilaklarimni izhor etishimga ruxsat bergaysiz.
Hurmat bilan Asqar Usmonov
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar