
Bugun, 26 sentyabr kuni O‘FFda Hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Liga 22-turi doirasidagi “Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Navbahor” (Namangan) uchrashuvini boshqarib, yakunda ishi nazoratchi Alisher Abdullayev tomonidan qoniqarsiz (4,0) balga baholangan Olim Tolibjonovning hakamligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilindi.
Olim Tolibjonovning “Sho‘rtan” – “Navbahor” (3:3) o‘yinidagi hakamligi federatsiyaning hakamlar va nazoratchilar ilmiy-uslubiy ta’minoti bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Bo‘lim boshlig‘i Arslon Hotamov bosh hakam Olim Tolibjonovning ishini “qoniqarsiz” deb baholadi.
Shu asosda, Hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasi “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi”ga binoan Olim Tolibjonovni O‘zbekiston Chempionati, Birinchiligi va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari doirasidagi 10 ta o‘yindan chetlatdi. Bundan tashqari, uning xizmat haqi 75 foizga kamaytirildi.
Shu bilan bir vaqtda, “Sho‘rtan” – “Navbahor” bellashuvidagi referi yordamchisi Aleksandr Burovning bahosini ko‘tarib qo‘yganligi uchun nazoratchi hakam Alisher Abdullayev qo‘mita qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Chempionati, Birinchiligi va O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlari doirasidagi 4 ta o‘yindan chetlatildi. Shuningdek, Abdullayevning ham xizmat haqi 75 foizga kamaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Liga 21-turi doirasidagi “Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodov qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygani tufayli umrbod hakamlikdan chetlatilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar