Gvardiola Yaponiya terma jamoasining yordamchi murabbiyi bo‘ladi

«Bavariya» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola regbi bo‘yicha Yaponiya terma jamoasi ustozi Eddi Jonsning yordamchisi bo‘ladi va jamoani kelasi yili o‘tkaziladigan Jahon kubogi bahslariga tayyorlashda ko‘maklashadi, deya xabar tarqatgan Reuter.
Jonsning fikricha, regbi va futboldagi intizom juda o‘xshash bo‘lib, Gvardiolaning bu sohadagi bilimi va tajribasi jamoani Jahon kubogi bahslariga tayyorlashda qo‘l keladi.
«Taktikaning turlicha ko‘rinishlaridan foydalanish kerakligini tushunib oldik, - deydi Jons. - Futbol shunday o‘yinki, unda juda ko‘p narsa o‘yinga tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi. Uning regbi bilan ko‘plab o‘xshashlik tomonlari ham bor. Doimo eng yaxshilardan o‘rganish kerak, shuning uchun biz eng yaxshi murabbiyga murojaat qildik. Men Myunxenning «Bavariya» klubini kuzatib bordim va tushundimki, Gvardiola mutaxassis sifatida ancha kuchayib bormoqda. Undan nimanidir o‘rganish nasib qilayotganidan xursandman», - dedi u.
Regbi bo‘yicha Jahon kubogi 2015 yilning 18 sentyabridan 31 oktyabriga qadar Angliyada, 20 jamoa ishtirokida o‘tkaziladi.
Manba: www.Stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing