o‘nggi paytlarda O‘zbekiston futbol federatsiyasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida ko‘p gapirilmoqda.
Terma jamoaning JCh saralashidagi muvaffaqiyatsizligi bir tomon, O‘FFdagi islohotlar esa ikkinchi tomon bo‘lib, hozircha muxlislarning hafsalasini sovishdan saqlab turibdi.
Endi bor e’tibor Umid Ahmadjonovga qaratilgan. O‘tgan hafta yangi rahbariyat to‘liq tarkibda matbuot anjumanida ishtirok etdi. Biz ushbu tadbirda ro‘y bergan ba’zi holatlar haqida so‘z ochmoqchimiz.
YoQIMLI HOLAT
Ochig‘i, matbuot anjumani o‘tkazilishi haqida ma’lumot berilganda, faqat Umid Ahmadjonov bilan muloqot tashkil etilishini kutgandik.
Ammo Milliy olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida O‘FF prezidenti bilan birga vitse-prezident Shoakrom Isroilov, Ijroqo‘m a’zolari Rustam Qurbonov, Murod Aliyev va MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ham hozir bo‘lishdi.
Bu qadar ko‘p mutasaddi to‘planganda esa odatda kechikish kuzatilishi hech gap emas. Bu safargisi ham istisno bo‘lmadi. Xullas, matbuot anjumani 15 daqiqalik kechikish bilan boshlandi.
Ammo buning hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘q edi. Chunki O‘zbekiston futbol federatsiyasida avval ham shunday holatlar uchrab turar va jurnalistlar deyarli ko‘nikib qolishgandi.
Agar O‘FF matbuot kotibi Sanjar Rizayev jurnalistlarga alohida murojaat qilib, kechikish uchun uzr so‘ramaganda, hech kim ahamiyat bermagan va katta ehtimol bilan allaqachon yoddan ko‘tarilardi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘FF Ijroqo‘m a’zosi Rustam Qurbonov Ashxobodda o‘tgan Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari bilan bog‘liq masala tufayli ushlanib qolgan ekan.
O‘FF bu borada o‘z vaqtida tushuntirish berib, jurnalistlardan uzr so‘radi. Bunaqasi ilgari kuzatilmagan edi va tan olish kerak, federatsiya jurnalistlar bilan hisoblasha boshlagani bois, tadbir boshlanmasidanoq yoqimli taassurot qoldirdi.
SAVOLLAR
O‘n yillik jurnalistlik faoliyatim davomida bunday anjumanlardan ancha-munchasini ko‘rganman va deyarli hammasida bir holatga duch kelganman - tadbir qancha uzoq davom etmasin, berilmay qolgan savollar baribir uchrardi.
Umid Ahmadjonov ishtirokidagi press-konferensiya esa istisno bo‘ldi, deb bemalol ayta olaman.
U ko‘p gapirmadi, ammo kerak gapni qisqa va lo‘nda qilib aytib qo‘ya qoldi. Hattoki, shunday holat kuzatildiki, u bergan javobdan ko‘ra, jurnalistning savoli uzunroq bo‘ldi.
Aslida, matbuot anjumanining cho‘zilishiga mutasaddining uzundan-uzoq davom etadigan javoblari sabab bo‘ladi.
Nimanidir has-po‘shlashga urinish kuzatilsa, ko‘p gapirishga to‘g‘ri kelishi tabiiy. Ahmadjonov esa barcha savollarga aniq-tiniq javob berdi. Shunday ekan, ko‘p gapga na hojat?
IJRO
Odatda, mutasaddilar ishtirokidagi tadbirlarda bir narsa ko‘p uchraydi - va’da beriladi. Rahbarlarga talab qo‘yiladi, javob esa bitta - va’da.
O‘FFning yangi rahbariyati ham muammolarni eshitdi va barcha masalalarning ijobiy hal etilishiga jurnalistlarni ishontirdi. Ammo eng muhimi hali oldinda - va’da ijrosi bilan go‘zal.
Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov anjuman oxirida shunday dedi: «O‘zim ham guvoh bo‘lib turibman, O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan juda ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Ishoning, agar mana shu loyihalar ro‘yobga chiqsa, o‘zbek futboli yuqori pog‘onalarga ko‘tariladi».
Biz bu gaplarga ishonmoqdamiz. Chunki futbolimiz rivojini har birimiz istaymiz. O‘FF yangicha ish boshlashni ko‘zlab turgan ekan, matbuot bu yo‘lda federatsiyaga qanot bo‘lishga tayyor. Hozircha o‘sha va’dalarning ijrosi asta-sekin ko‘zga tashlanmoqda.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga yangi xodimlar taklif etilishi bo‘yicha e’lon berildi.
Ushbu tizimda ishlashni istaydiganlar oldiga qo‘yilgan talab esa quyidagicha - o‘zbek, ingliz va rus tillarida erkin muloqot qilishi va yoza olishi shart. Umuman, bu talab federatsiyada faoliyat olib boradigan har qanday mutaxassis oldiga qo‘yilsa yaxshi bo‘lardi.
Boisi, matbuot anjumani davomida berilgan savollardan biri ham shu mavzuga borib taqaldi - federatsiya xodimlari chet tilini yaxshi bilmaganliklari tufayli safar o‘yinlari davomida muammolar yuzaga kelgan.
Demak, O‘FF yangicha ish tizimini yo‘lga qo‘yayotgan ekan, unda ishlaydigan har bir xodim talablarga to‘liq mos kelishi shart...
Abdulloh
Manba: www.interfutbol.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi
AQSHda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
Senat: O‘zbekiston yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda