Jeymi Rednapp: Mourino boshini kir yuvadigan mashinaga tiqqancha qaror qabul qilayotgan ko‘rinadi

Ingliz mutaxassisi Jeymi Rednapp "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinoni tanqid qilib o‘tdi. Uning fikriga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy muntazam ravishda noto‘g‘ri qarorlar qabul qilmoqda.
"Hozir shunday taassurot paydo bo‘lmoqdaki, Mourino barcha qarorlarini boshini kir yuvish mashinasining ichiga tiqqancha qaror qabul qilayotgan ko‘rinadi. U juda ko‘p qarorlarini shoshilinch tarzda qabul qilmoqda.
Menga har doim Mourino ajoyib ish olib borayotgandek ko‘rinardi. Uning har bir qarori sehrli tayoqchaning silkinishiga o‘xshardi. U o‘yin tugashiga ikki daqiqa qolganida futbolchini maydonga tushirardi va bax! U gol urib, "Chelsi"ga 2:1 hisobidagi g‘alabani keltirardi.
Endi esa Mourinoning qarorlari teskari yo‘nalish olgan ko‘rinadi. U to‘rt oy oldin Angliya chempioni bo‘lgandi. Endi esa "Chelsi"dan faqat soyasi qolgan", - deydi Rednapp. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing