
Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni BAA termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar bergandik.
Aynan mazkur o‘yin munosabati bilan Oliy Liganing 28-tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlar 16-17 noyabrdan 8-9 noyabrga ko‘chirildi.
08.11.2017
“Mash’al” (Muborak) – “Qizilqum” (Navoiy).
“Dinamo” (Samarqand) – “Neftchi” (Farg‘ona).
“Navbahor” (Namangan) – “So‘g‘diyona” (Jizzax).
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Buxoro” (Buxoro).
09.11.2017
“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Bunyodkor” (Toshkent).
“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Nasaf” (Qarshi).
“Paxtakor” (Toshkent) – “Olmaliq” (Olmaliq).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasini BAAga qarshi o‘yinga “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bosh murabbiy sifatida boshlab tushadi.
Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga taklif etiladigan futbolchilar ro‘yxatini Oliy Liganing 27-turidan keyin e’lon qilishini ma’lum qildi.
Terma jamoa esa 10 noyabr kuni Toshkentda yig‘inga kirishishi rejalashtirilgan.
BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi munosabati bilan Oliy Liganing 28-tur o‘yinlari rasman 16-17 noyabrdan 8-9 noyabrga ko‘chirildi.
Shuningdek, bugun 30 oktyabr kuni kelasi yildan Oliy Ligada 12 jamoa ishtirok etishi haqida ham xabar berib o‘tgandik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar