Biroz avval, futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Birlashgan Arab Amirliklari termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga O‘zbekistonda o‘z pozitsiyasining eng kuchli futbolchilarini jalb qilgani haqida xabar bergandik.
Tezkorlik bilan yetib kelgan yangilik bilan tanishib chiqib, shaxsan menda ikki xil taassurot uyg‘ondi...
Ya’ni 23 nafar futbolchi 14 noyabr kuni BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Mazkur o‘yin O‘FF yangi rahbariyatining tashkilotchiligi ostida o‘tkazilmoqda.
Bilasizki, bir necha kun avval Umid Ahmadjonov BAA futbol uyushmasi vitse-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolagandi.
BAA bilan tuzilgan yangi hamkorlik ishlari hozircha o‘z joyida ketyapti. Shu qatorda hakamlar borasida ham o‘zaro shartnomalar imzolangan. Bir so‘z bilan aytganda, barchasi ko‘ngildagidek!
Ilk taassurotim shundan iboratki, O‘FF hozirda deyarli har kuni qandaydir foydali yangilik kashf etmoqda. Deyarli har kuni, har soatda o‘zbek futboli haqida yangiliklar eshitishga odatlanib qoldik.
Shu kungacha bir nechta qarorlar, yangiliklardan boxabar bo‘lib kelmoqdamiz. Ba’zi axborotlardan xursand, ba’zilaridan juda xafa bo‘ldik ham...
Ayniqsa, Oliy Liga jamoalari sonini qisqartirilishi haqidagi kutilmagan yangilik ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ha, mayli bu haqda keyinroq to‘xtalib o‘tamiz.
Xullas, O‘FFning boshqa mamlakat federatsiyalari bilan o‘rnatayotgan aloqalari o‘zbek futbolining kelajagiga juda katta ta’sir o‘tkazishini oldindan taxmin qilish mumkin. Hozircha BAA va Qatar bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Bu borada O‘FFdan to‘xtab qolmasdan yana izlanishlar kutib qolamiz.
Ikkinchi taassurot esa umuman terma jamoaning yangi tarkibi haqida, desam to‘g‘riroq bo‘ladi.
Shubhasiz, O‘zbekistonda futbol muxlislari terma jamoaning xoh o‘rtoqlik yoki rasmiy o‘yinlarini qoldirmasdan ko‘rib borishadi.
Ayniqsa, vodiy va vohalik muxlislarning stadionlarda to‘lib-toshishi, astoydil muxlislik qilishini ko‘rib ba’zida maydonga tushib futbol o‘ynab ketging keladi.
Muxlislarimizning terma jamoani tanqid qilayotganlarini yoki maqtayotganlarini to‘g‘ri tushunishimiz kerak. Axir futbol muxlis uchun o‘ynaladi.
Berkitishning hojati yo‘q, Samvel Babayan davrida Aleksandr Lobanov va Igor Sergeyev kabi futbolchilar yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishdi.
Lobanovni tushunsa bo‘ladi, u terma o‘yinlarida ko‘zga ko‘rinarli qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymadi. Lekin Sergeyev masalasi terma jamoada boshqacha rol o‘ynar edi. Igor gol urish o‘rniga maydonda shunchaki “sayohat” qilib yurishni xush ko‘rdi.
Muxlislar Sergeyev harakatlarini har bir o‘yinda kuzatishadi va uning sha’niga yaxshi so‘zlar aytish o‘rniga boshqacha munosabat bildirishdi.
Bunga esa Sergeyevning doim asosiy tarkib bilan tushishi va terma jamoaning o‘zgartirilmas hujumchisiga aylanib qolishi sabab bo‘ldi. Igor endi 24 yoshni qarshiladi, uni kelajakda hali ko‘plab yutuqlar kutayotganiga ishonamiz.
Lekin bu futbolchi o‘z vaqtida ishonchni oqlay olmadi. Qo‘pol qilib aytganda, unda xalqaro tajriba yetishmadi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasining millionlab muxlislari JChga borishni bir, ikki, uch kishining xatolari evaziga yana to‘rt yil kutadigan bo‘lishdi. Axir o‘ylab ko‘ring, to‘rt yil kam muddatmi?
O‘tgan ishga salovat, endi kelajak haqida fikr yuritamiz...
Mana, muxlislar bugungi yangiliklar orasida O‘zbekistonning BAAga qarshi tarkibida Igor Sergeyev va Aleksandr Lobanovlarning yo‘qligini ko‘rib, hayratlana boshlashdi.
Nega ular tarkibda yo‘q?!
Asosan mahalliy futbolchilarni terma jamoaga jalb etgan tajribali mutaxassis Ro‘ziqul Berdiyev Lobanov va Sergeyevni chaqirmaslikka qaror qildi.
Lobanov o‘rnini bir necha yillardan buyon terma jamoaga qanchadan-qancha foydasi singgan Nesterov egallasa, Sergeyev o‘rnida “Buxoro” jamoasida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatayotgan Ivan Nagayev harakat qiladi.
Taassurotimning ikkinchisi esa aynan shu edi.
Terma jamoa murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevga yangi ishida yuqori odimlar tilayman.
Qolgan futbolchilarni ko‘zdan kechirib chiqadigan bo‘lsak, “Nasaf” klubining olti nafar a’zosi terma jamoaga yordam berish uchun yetib kelgan. Oliy Liganing so‘nggi 27-turida “Bunyodkor” darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qilgan “Navbahor”ning yosh iqtidorli yarim himoyachisi Aziz Turg‘unboyev ham ilk marta sharafli taklifni qabul qildi.
Avval Samvel Babayan shunchaki ro‘yxatni to‘ldirish uchun foydalanadigan “Qo‘qon-1912” a’zosi Javohir Sidiqov yana yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynash uchun taklif oldi.
“Mash’al” darvozaboni Javohir Ilyosov garchi, o‘yinda ishtirok etmasada, lekin milliy jamoa havosidan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Nasaf” posboni Sanjar Quvvatov ikkinchi zaxira darvozaboni vazifasini bajaradi.
Legionerlar jalb etilmagan tarkib unchalik kuchli emas dersiz, lekin aslida BAAga qarshi o‘yin asosan Oliy Liga futbolchilarining kuchi qanday ekanligini bizga yaqqol ko‘rsatib beradi.
Demak, BAA–O‘zbekiston o‘yinida ligalar kurashi bo‘lishi tabiiy holat. Chunki BAA termasi ham o‘rtoqlik o‘yinlarida kuchli tarkibdan foydalanmasligi xaqiqatga yaqin.
Asosiysi, tarkib yaxshi tuzib chiqilgan, umid qilamizki, barchasi joyida bo‘ladi. Endilikda faqat o‘yin kunini kutish va natijani kuzatish ishlari qoldi xalos.
Biz O‘zbekiston futbol federatsiyasining rivojlanish ishlarini davom ettirishini so‘rab, terma jamoaning bo‘lgusi o‘yinida omadlar tilaymiz!
Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Sanjar Quvvatov (“Nasaf”), Javohir Ilyosov (“Mash’al”).
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Sherzod A’zamov (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Akromjon Komilov (“Bunyodkor”), Shuhrat Muhammadiyev (“Lokomotiv”).
Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”), Jasur Yaxshiboyev (“Paxtakor”), Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”), Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”), Dostonbek Hamdamov (“Bunyodkor”), Azizbek Turg‘unboyev (“Navbahor”), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Bahrom Abdurahimov (“Nasaf”).
Hujumchilar: Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Ivan Nagayev (“Buxoro”).
Eslatib o‘tamiz, BAA milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 14 noyabr kuni Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi