Xabaringiz bor, 9 noyabr kuni yurtimizga Jahon futboli afsonasi, Yevropa va Jahon chempioni Karles Puyol tashrif buyuradi.
Uning tashrifi FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo‘lib, bu orqali FIFA prezidenti O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan, deb yozadi Championat.asia sayti.
Karles Puyol tashrifi davomida yurtimizdagi futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari uchun master-klasslar o‘tkazib beradi, shuningdek, Oliy liga 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni bevosita “Paxtakor” stadionidan turib tomosha qilib boradi.
Karles Puyolning yurtimizga amalga oshirayotgan tashrifiga bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olib, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari bilan matbuot anjumani o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Matbuot anjumani 9 noyabr kuni soat 11:00da poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasining “Samarqand” zalida bo‘lib o‘tadi.
Karles Puyol ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashmoqchi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari o‘z xodimlari ro‘yxatini O‘FF Matbuot xizmatining elektron pochtasiga ([email protected]) 8 noyabr soat 15:00gacha jo‘natishlari kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi