
Futbol bo‘yicha Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z futbolchilarining qulay sharoitda mashq qilishlari uchun zamonaviy texnologiyalar sotib oldi. Bu haqda “Paxtakor” FK Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Paxtakor” futbol klubi “Catapult” firmasining yangi texnikasidan o‘yinchilarning mashg‘ulot va uchrashuv paytidagi umumiy jismoniy holatini aniq kuzatish maqsadida foydalanishni boshladi.
U futbolchining sog‘lig‘idagi muammolarni o‘z vaqtida bilib, shunga yarasha chora ko‘rishga yordam beradi.
“Paxtakor” ayni paytda O‘zbekiston jamoalari orasida birinchi bo‘lib ushbu qurilmani xarid qildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “Catapult” firmasida dunyoning 16 mamlakatida 300 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi.
Kompaniya texnikasidan 35 sport turida 1520 dan ortiq jamoalar foydalanadi.
Futbolda esa Braziliya terma jamoasi, “Sevilya”, “Chelsi”, “Seltik”, “Liverpul”, “Lester”, “Milan”, “Bavariya” va “Fenerbaxche” kabi mashhur jamoalar “Catapult” texnologiyalari yordamida futbolchilar “holatini” nazorat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar