18:57 / 12.11.2017
5 846

Gubernator kubogi. Isroil Madrimov va jamoa kubokni qo‘lga kiritdi

Gubernator kubogi. Isroil Madrimov va jamoa kubokni qo‘lga kiritdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Gubernator kubogi turnirida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar bokschisi ishtirok etishdi. Ulardan ikki nafari oltin medalga ega chiqdi, uchinchisi kumush medal oldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shunqor Abdurasulov finalda mezbonlar vakili Ruslan Batmanovga qarshi ringga chiqdi. U raqibga hech qanday imkon qoldirmadi va O‘zbekiston hisobiga oltin medal keltirdi.

75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Isroil Madrimov esa rossiyalik Yakub Zuber bilan jang qilib, uni katta ustunlik bilan mag‘lub etdi va terma jamoa hisobiga ikkinchi oltin medalni olib keldi.

Bundan tashqari Isroil Madrimov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya e’tirof etildi va unga gubernator Georgiy Poltavchenkoning o‘zi kubok topshirdi.

O‘zbekistonning finaldagi uchinchi vakili Sanjar Tursunov esa kumush medal bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. U mezbonlar vakili Magomed-Murad Arslanbekovga yutqazdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining barcha vakillari sovrindor bo‘ldi va terma jamoa eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gubernator kubogi. Isroil Madrimov va jamoa kubokni qo‘lga kiritdi