Professional futbol ligasi Bosh direktori Omonjon G‘ofurov Oliy ligada 2018 yildayoq 12 jamoali tizimga o‘tilishiga izoh berdi.
«Ko‘pchilikda Oliy ligadagi islohotlar nega 2019 yildan emas, kelasi yildanoq qo‘llanildi, degan savollar tug‘ildi. Lekin bir narsani hisobga olish kerakki, agar bu o‘zgarishlarni 2019 yilda qilganimizda ham xozir autsayder bo‘lib turgan jamoalar hozirgidek oxirgi o‘rinlarda yuravergan bo‘lardi. Biz shunchaki 1 yilni yo‘qotgan bo‘lardik.
To‘g‘ri hozir qaysidir jamoalar bu qarordan norozi bo‘lishi mumkin. Muxlislarda ham e’tiroz bo‘lishi tabiiy. Ammo unutmaslik kerakki, bularning barchasi O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun qilinmoqda. Shuning uchun islohotlarni boshlashni kechiktirib bo‘lmasdi.
Oldimizda katta musobaqalar turibdi. 2020 yilda Tokioda Olimpiada, keyin jahon chempionati keladi. Bu musobaqalarga yo‘llanma olish uchun ligamizni tezroq rivojlantirishimiz kerak», deya gapirib o‘tdi G‘ofurov «Sport» telekanalining GOL ko‘rsatuvi jonli efirida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi