22:45 / 20.11.2017
8 374

O‘zbekiston futboli: Oliy Liga va Birinchi Liga nomlari o‘zgaradi

O‘zbekiston futboli: Oliy Liga va Birinchi Liga nomlari o‘zgaradi
O‘FF Matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston professional futbol ligasi ijroiya qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, futbol bo‘yicha Oliy Liga musobaqasi kelasi mavsumdan boshlab “O‘zbekiston Superligasi” deb ataladi. Birinchi Liga esa “O‘zbekiston Pro-ligasi” deya nomlanadi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Superligasida jami 12 jamoa ishtirok etadi. To‘rtta davradan iborat musobaqada jami 38 ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

12 ta jamoa 33 ta tur o‘tkazgach, 2 ta guruhga bo‘linishadi. Ya’ni 1–6 o‘rinlarni egallagan jamoalar chempionlik uchun, 7–12 o‘rinni egallagan jamoalar Superligada qolish uchun yana 5 tadan o‘yin o‘tkazishadi.

38-turdan so‘ng ochkolar bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan jamoa chempionlikka erishadi. 12-o‘rinni egallagan jamoa Pro-ligaga ravona bo‘ladi.

11-o‘rindagi jamoa PRO-ligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan ikkita pley-off uchrashuvini o‘tkazadi.

G‘olib jamoa Superligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

O‘zbekiston PRO-ligasida jami 16 jamoa ishtirok etadi.
Ikkita davradan iborat musobaqada jami 30 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

1-o‘rinni egallagan jamoa Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 2-o‘rin egasi esa Superliganing 11-o‘rindagi jamoasi bilan 2 ta pley-off uchrashuvini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zPFLning ijroiya qo‘mitasi avvalroq Oliy Ligada rasman 12 jamoa ishtirok etishi haqida qaror qabul qilgandi.

Biroq, mazkur qaror ko‘pchilik futbol mutaxassislari va Oliy Liga klublari murabbiylari tomonidan keskin tanqid ostiga olindi.

Ko‘ramiz, yangi mavsumda Superliga va Pro-ligada qanday o‘zgarishlar bo‘ladi. Aniqrog‘i, o‘zbek futboli qaysi yo‘l bilan boradi va qay tariqa rivojlanishlarga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston futboli: Oliy Liga va Birinchi Liga nomlari o‘zgaradi